Brenda Fruhvirtová (2007-yil 2-aprelda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. 2024-yil 29-iyul kuni yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 87-oʻrinni qayd etgan, 2021-yil 13-dekabr kuni ITF oʻsmirlar reytingida 4-oʻrinni band qilgan. Ushbu koʻrsatkichlar uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Yoshligi Brenda Fruhvirtová 2007-yil 2-aprelda Chexiya Respublikasi poytaxti Praga shahrida dunyoga kelgan. Uning singlisi Linda Fruhvirtová ham professional tennischi hisoblanadi.
Opa-singil Fruhvirtoválar 2017-yildan beri Fransiya janubidagi Mouratoglou tennis akademiyasida tennis mashgʻulotlarini olib bormoqda. Ular, shuningdek, Patrick Mouratoglou jamgʻarmasi stipendiatlari hisoblanishadi.
Sport faoliyati Oʻsmirlik yillari 2018-yilda Fruhvirtová 12 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan Eddie Herr turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. U bu unvonga erishganida oʻn yoshda boʻlgan.
2019-yil aprel oyida Fruhvirtová 14 yoshgacha boʻlgan tennischilar oʻrtasida oʻtkazilgan 2019-yilgi Trnava kubogida yakkalik bahsi chempionligini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda sportchi va uning singlisi birgalikda Petits As turnirining juftlik bahslarida gʻoliblikka sazovor boʻli. Singlisi Linda, shuningdek, xuddi shu musobaqaning yakkalik bahslarida ham chempionlikni qoʻlga kiritgan. Oradan bir yil oʻtib, 2020-yilda Fruhvirtová 12 yoshida yakkalik bahsi chempionligiga ega chiqib, turnirning 38 yillik tarixidagi eng yosh chempioniga aylandi. Opa-singil Fruhvirtoválar turnir tarixida bir oila vakillari ketma-ket ikki yil chempionlikni qoʻlga kiritgan dastlabki tennischilar boʻlganLinda Fruhvirtová bio.
2020-yil iyul oyida Fruhvirtová Chexiya Respublikasida boʻlib oʻtgan koʻrgazmali turnir davomida jahon reytingida 54-oʻrinda turgan Katerina Siniakovani magʻlub etishga muvaffq boʻlgan. Bir necha haftadan soʻng sportchi Mouratoglou akademiyasida oʻtkazilgan Ultimate Tennis Showdown (UTS) musobaqasida ishtirok etish uchun taklif qilindi. U ilk UTS ayollar musobaqasida qatnashgan toʻrt nafar tennischidan biri boʻlgan, biroq musobaqada Alizé Cornetga oʻyinni boy bergan. 2020-yil sentyabr oyida Fransiya tennis federatsiyasi unga Fransiya Ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani taqdim etdi. Sportchi ushbu musobaqada qatnashgan eng yosh (13 yosh) tennischi edi.
2021: Professional debyut Fruhvirtová atigi 14 yoshida 2021-yil dekabr oyida Seulda boʻlib oʻtgan WTA 125 turnirida oʻzining professional oʻyinlardagi debyut ishtirokini amalga oshirdi. U birinchi davrada Jeong Moonni magʻlub etib, keyingi uchrashuvda sakkizinchi raqam ostida saralangan Yuki Naitoga oʻyinni boy berdi.
Manbalar
Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar