Laura Samson (avval Laura Samsonová nomi bilan tanilgan; 2008-yil 10-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. 2025-yil 13-okty abrda WTA tasnifi yakkalik yoʻnalishida 218-oʻrinni, 2025-yil 8-sentabrda juftlik yoʻnalishida 149-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Samson 2023-yilgi Wimbledon chempionati qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Sport faoliyati Yoshlar TK Sparta Prague klubi aʼzosi Samson 13 yoshida 2021-yil oktyabr oyida Prostějov shahrida oʻtkazilgan J5 turnirida birorta ham setni boy bermasdan ilk bor yoshlar oʻrtasidagi musobaqada chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu uning yoshlar oʻrtasida ishtirok etgan ilk turniri edi. Shundan soʻng u 2021-yil noyabr oyida Ispaniyaning Silla-Saledar shahrida oʻtkazilgan J5 turnirida ikkinchi bor gʻolib boʻldi. Uchinchi musobaqasi Montemarda oʻtkazilgan oʻyinlarda esa finalga qadar yetib borishga muvaffaq boʻldi.
2023-yil iyul oyida u vatandoshi Alena Kovačková bilan birga Wimbledon turinirida qizlar oʻrtasida juftlik bahslari gʻolibiga aylandi. Finalda ular Buyuk Britaniyalik juftlik Hannah Klugman va Isabelle Lacy juftligiga qarshi oʻynab, ikki setda gʻalaba qozonishdi. Ular 2013-yilgi chempion Barbora Krejčíková va Katerina Siniakova juftligidan keyin ushbu unvonni qoʻlga kiritgan ilk chexiyalik juftlikka aylandi.
2024-yil iyun oyida Samson Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik bahsi turniri finaliga chiqdi, biroq vatandoshi Tereza Valentovaga oʻyinni boy berdi. 2024-yilda Kovačková bilan birga Wimbledon musobaqasi qizlar oʻrtasida juftlik bahslari chorak finalida Mika Stojsavljevic va Mingge Xu juftligiga magʻlub boʻldi.
2024-yil oktyabr oyida Samson ITF World Tennis Tour Junior Finals turniri finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi. Final bahsida jahonning birinchi raqamli tennischisi Emerson Jonesga 4–6, 4–6 hisobida ikki setda imkoniyatni boy berdi. Keyinchalik sportchi 2025-yildan boshlab Pro turiga eʼtibor qaratgani sababli bu uning yoshlar oʻrtasidagi soʻnggi turniri boʻlganini aytdi.
2024: WTA turidagi debyut va ilk gʻalaba 2024-yilgi Praga Ochiq turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Samson birinchi raundda saralash bosqichidan oʻtib kelgan Tara Würthni ikki setda magʻlub etib, 2008-yilda yoki undan keyin tugʻilgan tennischilar orasida WTA turining asosiy toʻr bahsida uchrashuvni yutgan ilk oʻyinchiga aylandi. Ikkinchi raundda u ikkinchi raqam ostida tasniflangan Katerjina Sinyakovani uch setda magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi. Vhorak finalda esa Oksana Selexmetevani yengishga erishdi. Uning gʻalabali yurishlari yarim finalda yakunlandi. Sportchi Magdalena Frenxga qarshi uchinchi jarohati sababli uchrashuvni davom ettira olmadi (setda ortda borayotgan edi).
Manbalar
Turkum:2008-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Pragalik tennischilar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar