Helen Buhagiar (1888–1975) maltalik siyosiy faol va feminist edi.

Hayoti Buhagiar badavlat oilada tugʻilgan. U Malta temir yoʻl boshqaruvchisi Nikola Buhagiarning qizi edi. Helen Buhagiar Maltadagi sanʼat olamida tanilgan boʻlib, Maltaning sanʼat assotsiatsiyasida faxriy kotib va xazinachi, 1916-yilda esa assotsiatsiya raisi boʻlgan.

Helen Buhagiar Malta ayollar assotsiatsiyasining hammuassisi boʻlgan va tashkilotga 1944-yilda asos solingan paytdan boshlab 1947-yilda ayollar saylov huquqi joriy etilgunga qadar bosh kotib boʻlib xizmat qilgan. U Maltada ayollar saylov huquqini joriy etish uchun olib borilgan faollik harakatlarida muhim rol oʻynaganThe Struggle for Female Suffrage in Europe: Voting to Become Citizens. (2012). Nederländerna: Brill.. U „ayollar ham erkaklar kabi soliq toʻlayotgan ekan, ular ham xuddi shunday saylov huquqlaridan bahramand boʻlishlari kerak“, deb bayon qilgan.

Ayollarning saylov huquqi va siyosiy lavozimlarga saylanish huquqi MakMaykl konstitutsiyasiga kiritilgan boʻlib, u nihoyat 1947-yil 5-sentabrda joriy etilgan. Shundan keyingi 1947-yil yozidagi saylovlarda ikki nafar ayol deputatlikka nomzod sifatida qatnashdi: Helen Buhagiar Demokratik harakat partiyasidan va Leyboristlar partiyasidan Agata Barbara, ular orasida Agata Barbara gʻalaba qozonib, Maltadagi birinchi ayol deputatga aylangan.

Manbalar

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:Maltalik ayol siyosatchilar