Alla Fyodorovna Dudayeva (; 1947-yil 24-martda tugʻilgan) — 1990-yillarda Rossiyadan chechen ozodlik harakatining rahbari boʻlgan Joxar Dudayevning bevasi.

Hayoti Kolomenskiy tumanida sovet harbiy xizmatchisi oilasida tugʻilgan va Smolenskda rassomlik boʻyicha tahsil olgan Alla Dudayev 1967-yilda u paytda Sovet harbiy-havo kuchlari ofitseri boʻlgan Dudayevga turmushga chiqqan. 1996-yilda Birinchi chechen urushi chogʻida eri halok boʻlganidan soʻng, Dudayeva Turkiyaga qochib ketishga urinar ekan, Nalchikda hibsga olinadi va keyinchalik u tomonidan Aleksandr Litvinenko ismi bilan tilga olingan yosh ofitser tomonidan soʻroq qilinganAlla Dudaeva Describes being Interrogated by Litvinenko. North Caucasus Weekly Volume: 7 Issue: 48. 14 December 2006.. Oʻsha yili ozod qilinganidan soʻng, u Ichkeriya Chechen Respublikasi Madaniyat vazirligida 1999-yilgacha ishlaydi, oʻshanda Ikkinchi chechen urushi boshlanishi uni avval Ozarbayjonga, soʻngra Turkiya va hozirda yashab kelayotgan Litvaga koʻchib oʻtishiga majbur qiladiGeorgian-Vainakh Days in Tbilisi. . Georgia Today. 24 April 2009.. U Gruziyaning Kavkaz telekanalida ishlagan, u yerda 2010-yil yanvaridan 2012-yil oktabrigacha madaniy dastur olib borganGeorgiaʼs Caucasus TV Channel Launched Online. Civil Georgia. 3 January 2010..

Alla Dudayeva bir necha kitoblar, jumladan eri haqida yozilgan xotiralar muallifidir.

Manbalar

Turkum:Chechenistonlik ayol yozuvchilar