Roza Otamuradovna Bozorova (1933-yil, Chorjoʻy, Turkmaniston SSR, SSSR) — davlat va siyosat arbobi, Turkmaniston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (1988—1990).

Tarjimayi holi Roza Bozorova 1933-yilda Chorjoʻyda tugʻilgan. Turkmanlarning ersari qabilasidan. Maksim Gorkiy nomidagi Turkmaniston davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1956-yildan KPSS aʼzosi. Uzoq vaqt Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Tarix institutida ishlagan, tarix fanlari doktoriSovetskiy Turkmenistan-frontu — Roza Atamuradovna Bazarova. Shuningdek, V. I. Lenin nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika institutida tarix kafedrasi mudiri, prorektor, rektor lavozimlarida ishlagan. 1975-yildan Turkmaniston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari. 1985-yildan Turkmaniston SSR tashqi ishlar vaziri. 1988-yil 13-avgustdan 1990-yil 18-yanvargacha Turkmaniston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, shuningdek, 1988-yil 10-sentyabrdan 1990-yil 11-maygacha Turkmaniston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi byurosi aʼzosi. 1991-yildan Turkmaniston respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati prezidiumi raisi. Turkmaniston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati, Turkmaniston SSRning 436-sonli Koʻhna Urganch milliy-hududiy saylov okrugidan SSSR xalq deputati boʻlgan. Bozorovaning oʻgʻli Begench Mari viloyatining sobiq hokimi Qurbonmurod Orazovning qiziga uylangan. Bozorovaning akasi Boris Bozorov fizik olim boʻlgan, Rozaning ukasi Annamurod esa Han Ahmedowning singlisiga uylangan.

Manbalar

Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Turkmaniston vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar