Renáta Jamrichová (2007-yil 20-iyunda tugʻilgan) — slovakiyalik professional tennischi. Eng yuqori natijalari: 2025-yil 11-avgustda WTA reytingida yakkalik bahslari boʻyicha 279-oʻrin, juftlik bahslarida 481-oʻrinni egallagan.
Jamrichová va Federica Urgesi 2023-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida juftlik bahslari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ular final bahsida Hayu Kinoshita va Sara Saitoni magʻlub etishgan. Keyingi yili sportchi 2024-yilgi Avstraliya ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslari boʻyicha unvonga sazovor boʻlgan. Sportchi final bahsida Emerson Jonesni yengishga muvaffaq boʻlgan. 2024-yilgi Wimbledon musobaqasi qizlar oʻrtasida yakkalik bahslari finalida Jamrichová va Jones yana toʻqnash kelishgan. Ushbu oʻyinda Jamrichová oʻzining ikkinchi Katta dubulgʻa yakkalik yoʻnalishi unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u tenischi Tereza Valentová bilan birga 2024-yilgi Fransiya ochiq chempionati qizlar oʻrtasida juftlik bahslari unvonini ham qoʻlga kiritgan.
Ilk hayoti va kelib chiqishi Renáta Jamrichová 2007-yil 20-iyunda Trnava shahrida tugʻilgan. Otasi Milan Jamrich ham sportchi hisoblanadi. Uning ikki nafar singlisi bor. 13 yoshida Jamrichová Bratislavadagi Slovakiya milliy tennis markazida mashgʻulotlarni boshlagan.
Manbalar
Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Slovakiyalik ayol tennischilar Turkum:Trnavalik sportchilar