Orhan Chelebiy (1412-yilda tugʻilgan — 1453-yil 29-mayda vafot etgan) — Usmoniylar sulolasi shahzodasi, Boyazid I ning o'g'li Qosim chalabiyning oʻgʻli.
Orhan Konstantinopolda surgunda va garov sifatida yashagan. Mehmed II dan boshqa Usmoniylar sulolasining tirik qolgan yagona erkak aʼzosi sifatida Orhan taxt uchun ehtimoliy daʼvogar edi. Usmoniylar imperiyasi uni garovda ushlab turish va Mehmed II ga raqib sifatida maydonga chiqib qolmasligi uchun vizantiyaliklarga oʻlpon toʻlagan. Imperator Konstantin XI ning oʻlpon puli oshirilmasa Orhanni daʼvogar sifatida ozod qilish bilan tahdid qilishi Usmoniylarni gʻazablantirgan va Konstantinopolni qamal qilish uchun bahona boʻlgan. 1453-yilda u Konstantinopolning fath etilishi paytida Vizantiya imperiyasi mudofaasiga oʻziga sodiq boʻlgan taxminan 600 nafar Usmoniylar asiri bilan qoʻshilgan. Ular dengiz devorlarining bir qismini, jumladan, Eptaskalio bandargohini himoya qilishga mas’ul etib tayinlangan.
Bu voqeaning aniq tafsilotlari haqida bir nechta rivoyatlar mavjud, biroq shahar qulaganidan soʻng Orhan niqoblanib rohib qiyofasida qochishga urinayotganda qoʻlga olinib, Sulton Mehmed II ning buyrugʻi bilan qatl etilgan.
Manbalar
Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:1412-yilda tugʻilganlar Turkum:1453-yilda vafot etganlar Turkum:Konstantinopol fathi Turkum:Vizantiya–Usmoniylar urushlari ishtirokchilari Turkum:Usmoniylar taxtiga da’vogarlar