Terezija Stoisits (1958-yil 14-noyabrda Avstriyaning Stinatz shahrida tugʻilgan) — avstriyalik siyosatchi, Yashillar partiyasi aʼzosi. 2007–2013-yillarda Avstriya Respublikasining ombudsmani boʻlib faoliyat yuritgan. Bungacha partiyaning eng uzoq muddat faoliyat yuritgan parlament aʼzosi boʻlgan.

Taʼlimi va kasbiy faoliyati Stoisits Güssing shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan. Keyinchalik Vena universitetida huquq yoʻnalishida tahsil olib, 1985-yilda magistr darajasini olgan. Shundan soʻng Stoisits bir yillik sud-huquq amaliyotini oʻtagan. Soʻngra Taʼlim, sanʼat va sport vazirligiga ishga qabul qilingan.

Siyosiy faoliyati 1990-yil 5-noyabrda Stoisits Avstriya Milliy kengashi aʼzosi sifatida qasamyod qilgan. 1992–1996-yillarda u partiyasining federal vasiylar kengashi aʼzosi boʻlgan. Parlamentda Stoisits Yashillar partiyasining vakili (asosan, ozchiliklar, inson huquqlari, migratsiya va adliya masalalari boʻyicha) boʻlib ishlagan hamda ichki ishlar, qurolli kuchlar va madaniyat kabi bir qator sohadagi masalalarni hal etishda faol qatnashgan. 1999–2002-yillarda u „Inson huquqlari boʻyicha Avstriya parlament qoʻmitasi“ga raislik qilgan. Stoisits Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Avstriya delegatsiyasi tarkibida (2000-yilda) hamda „Avstriya konventi“da (2003–2005-yillarda davlat islohoti masalalarini muhokama qilgan) ishtirok etgan. U Milliy sotsializm qurbonlari uchun Avstriya Respublikasi Milliy jamgʻarmasi hamda „Versyonungsfond“ — natsistlar rejimi davrida majburiy mehnatga jalb etilganlarga kompensatsiya toʻlash uchun tuzilgan Avstriya jamgʻarmasi boshqaruviga saylangan.

2007-yil 30-iyunda u Milliy kengashni tark etib, ertasi kuni Avstriya Respublikasining ombudsmani lavozimini qabul qilgan. Stoisits bu lavozimga saylangan „Yashillar partiyasi“ning ilk vakili hisoblanadi.

Parlament aʼzosi sifatida Stoisits koʻpincha boshqa partiyalar eʼtibordan chetda qoldirgan, inkor etgan yoki qarshilik koʻrsatgan masalalarni koʻtarib chiqqan. U parlamentdagi nutqlarini, odatda, xorvatcha ibora bilan boshlardi: „Dobar dan, poštovane dame i gospodo“ („Xayrli kun, xonimlar va janoblar!“)Terezija Stoisits wird Volksanwältin , bu esa millatchi Avstriya Erkinlik partiyasi (FPÖ)ning ayrim aʼzolarini gʻazablantirgan va muntazam ravishda shov-shuvga sabab boʻlgan.

Mukofotlari 2008 WeltmenschpreisWeltmenschpreis 2008

Manbalar

Havolalar

Ombuds idorasi veb-saytida Terezija Stoisits Yashillar partiyasi veb-saytida Terezija Stoisitsning matnlari

Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Avstriyalik inson huquqlari faollari Turkum:Avstriyalik ayol faollar Turkum:Avstriyalik ayol siyosatchilar Turkum:Yashayotgan insonlar