Esther Pak, asl ismi Kim Jeom-dong (1876-yil 16-mart — 1910-yil 13-aprel) — Koreya qirolligi davrida yashagan koreyalik shifokor boʻlib, mamlakatda gʻarb tibbiyoti bilan shugʻullangan birinchi ayol shifokor hisoblanadi.

Ilk hayoti Kim Jeom-dong 1876-yil 16-martda Seulning Jeong-dong hududida tugʻilgan. U toʻrt qizning uchinchisi edi. Uning otasi amerikalik missioner Henry Appenzellerda ishlagan.

1886-yilda u Mary F. Scranton tomonidan asos solingan Ewha qizlar maktabiga oʻqishga yuborildi.

Ota-onasi unga ikki shart qoʻygan: u AQShga bormasligi va turmush qurishdan oldin oʻqishni tark etishi kerak edi.

U ayniqsa ingliz tilini yaxshi oʻrgandi. Amerikalik shifokor-missioner Rosetta Sherwood Hall maktabga tashrif buyurganida, Kim unga tarjimon sifatida yordam berdi

Hall tomonidan bajarilgan lab va tanglay yoriqligi operatsiyasini koʻrgach, u shifokor boʻlishni orzu qila boshladi. Hall unga koreys jamiyatida konfutsiylik taʼsiri sabab ayollar yetarli davolanmayotganini tushuntirdi..

Taʼlimi va faoliyati Rosetta Sherwood Hall Kimni Pak Yusan () bilan tanishtirdi va 1893-yil 24-mayda ular turmush qurishdi. Bu Koreyada ilk Gʻarb uslubidagi nikohlardan biri edi

Nikohdan soʻng u Esther Pak ismini qabul qildi. 1894-yilda u eri bilan AQShga bordiHall, Rosetta Sherwood. (1910 atrofida) Mrs. Esther Kim Pak, M. D...

U Nyu-Yorkda bir yillik maktabda oʻqib, lotin tili, fizika va matematikani oʻrgandi

1900-yilda u Baltimordagi Ayollar tibbiyot kollejini tamomlab, AQShda tibbiy diplom olgan birinchi koreys ayol boʻldi..

Uning eri uning taʼlimini qoʻllab-quvvatladi, ammo bitirishidan yarim yil oldin sil kasalligidan vafot etdi.

Diplom olgach, Pak Koreyaga qaytib, Seuldagi birinchi ayollar shifoxonasi — Bogu-yogwanda ishladi. U yerda 10 oy ichida 3000 dan ortiq bemorga yordam berdi.

1901-yilda u Pxenyanga koʻchib oʻtdi va u yerda ham tibbiy faoliyatini davom ettirdi. U butun mamlakat boʻylab sayohat qilib, hatto xolera epidemiyasi vaqtida ham bemorlarni bepul davoladi.

Bundan tashqari, u ayollar taʼlimi va sogʻligʻi boʻyicha maʼruzalar oʻtkazdi hamda xristianlikni targʻib qildi.

Mukofotlari 1909-yil 28-aprelda Esther Pak boshqa ikki koreyalik ayol bilan birga tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda 7800 kishi ishtirok etdi.

Koreya imperatori Gojong unga kumush medal topshirdi.

2006-yilda Koreya fanlar akademiyasi uni Fan va texnologiyalar shon-shuhrat zaliga kiritdi.

2008-yilda Ewha universiteti bitiruvchilari qoʻmitasi Esther Pak medali mukofotini taʼsis etdi.

Vafoti Esther Pak 1910-yil aprel oyida sil kasalligidan 34 yoshida vafot etdi.

Manbalar

Turkum:1870-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1910-yilda vafot etganlar Turkum:Seuldan shaxslar Turkum:Ayol shifokorlar Turkum:Koreya shifokorlari Turkum:Sil kasalligidan vafot etganlar Turkum:Tibbiy missionerlar Turkum:Ayollar ta’limi faollari