Shahzoda Umar Hilmi afandi (; 1885-yil 2-martda tugʻilgan — 1935-yil 6-aprelda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Mehmed V va uning xotini Mihrengiz Kadınning oʻgʻliAli Vâsib, Bir Şehzadenin Hâtırâtı: Vatan ve Menfâda Gördüklerim ve İşittiklerim, Yapı Kredi Kültür Yayınları, 2004, , p. 205. Chevarasi Oysha Gülnev Osmanoğlu hozirda Usmoniylar sulolasi tarixi haqida tarixiy romanlar yozuvchisi.
Yoshligi Shahzoda Umar Hilmi 1886-yil 2-martda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Mehmed V sulton Abdulmajid I va Gülcemal Kadınning oʻgʻli boʻlgan. Onasi esa Mihrengiz Kadın edi.
1911–1912-yillar oraligʻida Umar Hilmi akasi Shahzoda Mehmed Ziyoyiddin bilan birga imperiya harbiy kollejida tahsil oldi. 1916-yilda Birinchi Jahon urushi paytida u Usmoniylar armiyasi piyoda qoʻshinlarining faxriy polkovnigi sifatida xizmat qildiHugh Montgomery-Massingberd, Burkeʼs Royal Families of the World, Africa & the Middle East, Burkeʼs Peerage, 1980, p. 247..
1909-yil 2-sentyabrda Umar Hilmi otasi Mehmed Rashod va aka-ukalari Shahzoda Ziyoyiddin hamda Shahzoda Mahmud Najmiddin bilan Bursaga safar qildi. 1910-yil 13-iyunda u va aka-ukalari Yevropaga birinchi tashrifidan qaytayotgan Shahzoda Yusuf Izzeddinni Sirkeci temir yoʻl vokzalida kutib oldilar. 1911-yil 5-iyunda ham u va boshqa shahzodalar Izzeddinni Yevropaga ikkinchi safaridan qaytgach, vokzalda kutib olishdi. 1911-yil 5–26-iyun oraligʻida u otasi va aka-ukalari bilan Rumeliaga safar qildi.
1917-yil 15-oktyabrda Umar Hilmi Istanbulga tashrif buyurgan Germaniya imperatori Vilgelm II bilan uchrashdi. 1918-yil 9-mayda u Istanbulga kelgan imperator Karl I bilan ham uchrashdi, u bilan birga mamlakatga imperatrisa Zita Burbon-Parma ham boʻlgan.
Shahzoda Umar Hilmi millatchilarni oshkora qoʻllab-quvvatlagani va otasining siyosatiga qarshi boʻlgani bilan tanilgan.
Shaxsiy hayoti
Umar Hilmining birinchi xotini Faika xonim edi. U Mehmed bey va Oysha xonimning qizi boʻlgan. Faika qishloq asoschilaridan sanalgan taʼsirli va zodagon Hunç urugʻiga mansub edi. Shu sababli qishloq Hunça Hable nomi bilan ham tanilgan. Uning Naciye xonim va Hayriya Malak xonim ikki opasi boʻlgan. Faika Turkiyada kelib chiqishi cherkelardan boʻlganbirinchi ayol yozuvchi deb hisoblanadi. U oʻrtacha boʻyli, ozgʻin, sariq sochli, moviy koʻzli va yoqimli tashqi koʻrinishga ega ayol edi. Faika opa-singillari orasida eng goʻzali boʻlgan. Umar Hilmi va Faika 1907-yil 10-noyabrda turmush qurishgan. Faika Umar Hilmi bilan chiqisha olmagan, Umar esa xotinini ikki marta taloq qilgan. Biroq juftlik yana yarashishgan. Ammo Umar xotinini keyinchalik uchinchi marta taloq qilgani sababli hülle (taloq qilingan ayol qayta turmush qurishi uchun zarur boʻlgan oraliq nikoh) talab qilingan. Saroyda erkaklar yoʻqligi sababli Faika hülleni qabul qilmagan va shu bois shahzoda Mehmed Rashod saroyidan chiqarib yuborilgan. 1907-yil 20-dekabrdagi ajrashuvdan soʻng Faika muntazam maosh olib turgan, biroq keyinchalik uning ustidan xabar yetkazishlaridan qoʻrqib maoshini ololmay qolgan. Faika va uning opa-singillari sulton Abdulhamid II tomonidan Bursaga surgun qilingan boʻlib, 1908-yilda Ikkinchi konstitutsiyaviy davr eʼlon qilinguncha oʻsha yerda yashashgan. Konstitutsiya eʼlon qilingach, darhol Bursadan ketishgan.
Shahzoda Umar Hilmining ikkinchi xotini Nesimter xonim edi. Juftlik 1915-yil yanvar oyida ajrashgan.
Umarning uchinchi xotini Hadicha Firdavs Gülnev xonim edi. U 1890-yil 21-fevralda tugʻilgan. Gülnev xonimning otasi ayvalıklik turk ofitseri, onasi esa Oysha xonim boʻlgan. Juftlik 1910-yil 3-oktyabrda turmush qurishgan va ikki farzand koʻrishgan. Birinchi farzandi Emine Mukbile Sulton 1911-yilda tugʻilgan. 1913-yilda esa ularning ikkinchi farzandi Shahzoda Mahmud Namik dunyoga kelgan. Gülnev xonim 1919-yil 31-dekabrda 29 yoshida vafot etgan.
Umar Hilmining toʻrtinchi xotini Başter xonim boʻlib, ular 1914-yil 16-iyunda turmush qurishgan.
U beshinchi xotini Mediha xonim bilan 1921-yil 12-iyulda turmush qurgan.
Umar Hilmiga Dolmabahçe saroyida xonalar ajratilgan edi. 1910-yilda u Bağlarbaşıdagi villaga egalik qila boshladi. Bu villa Istanbulning Osiyo tomonida, Bosfor boʻgʻozi boʻyidagi Üsküdar tepaliklarida Misr xedivi Ismoil posho tomonidan qurdirilgan edi. Shuningdek, shahzoda Nişantaşıda ham yana bir villaga egalik qilgan.
Shahzoda Umar jozibali, tetik va suhbatdan qochadigan odam sifatida tasvirlangan.
Surgun qilinishi va vafoti 1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi oilasi surgun qilinganda Umar Hilmi, uning onasi va ikki farzandi avval Livanning Bayrut shahriga, soʻng Fransiyaning Nice shahriga va nihoyat Misrning Iskandariya shahriga joylashishdi. Umar Hilmi 1935-yil 6-aprelda Iskandariyada 49 yoshida vafot etdi va oʻsha yerda dafn qilindi. Keyinchalik uning jasadi Misrning Qohira shahrida xediv Tavfiq posho maqbarasiga koʻchirib dafn etildi. Onasi undan 3 yil koʻproq yashab, 1938-yilda vafot etdi.
Unvon va mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni 1-darajali Usmoniyea ; qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan Majidiya ordeni Hijoz temiryoʻli oltin medali Liakat urush oltin medali Imtiyoz kumush medali
Harbiy lavozimlari Faxriy harbiy unvonlari va armiyadagi lavozimlari Usmoniylar armiyasi piyoda qoʻshinlari polkovnigi, 1916-yil Usmoniylar imperiyasi sultoni adyutanti
Farzandlari Ismi Tavalludi Vafoti Izohlar Gülnev xonimdan (1910-yil oktyabrda turmush qurgan) Emine Mukbile Sulton 1911-yil 17-sentyabr 1995-yil 21-may Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Shahzoda Ali Vosibga turmushga chiqqan va bir oʻgʻil farzandli boʻlgan. Vafotidan keyin sulton Mehmed V maqbarasiga dafn etilgan. Shahzoda Mahmud Namik 1913-yil 23-dekabr 1963-yil 13-noyabr Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uylangan va bir oʻgʻil farzandli boʻlgan. Misrning Qohira shahrida vafot etgan va Qohiradagi xediv Tavfiq maqbarasiga dafn etilgan, keyinroq 1987-yilda sulton Mahmud II maqbarasiga koʻchirilgan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Shajara, sulton Mahmud II avlodlari. Olingan sana: 2011-02-28. Heirs of Europe, Turkey. Olingan sana: 2019-06-09.
Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:1935-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning oʻgʻillari Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari Turkum:Usmoniylar armiyasi ofitserlari