Miriam Shkox (qizlik familiyasi Kolodziejová; 1997-yil 11-aprelda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi, juftlik bahslarida ishtirok etadi. 2022-yil 16-may kuni yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingining 247-raqamiga koʻtarilgan. 2023-yil 11-sentyabrda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 41-oʻrinni egallagan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichlari hisoblanadi. WTA tur doirasida oʻtkazilgan musobaqalarda juftlik bahslari boʻyicha 1 ta unvon, WTA Challenger turida juftlik yoʻnalishi boʻyicha 8 ta unvonni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishida 7 ta va juftlik yoʻnalishida 18 ta unvonga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti 2024-yil iyul oyida u tennischi David Škochga turmushga chiqqan. David Škoch 2022-yildan beri unga murabbiylik qilib keladi.

Sport faoliyati Katta Dubulgʻa turnirlaridagi natijalari Yakkalik: Avstraliya ochiq chempionati: 2R (2015) Fransiya ochiq chempionati: 3R (2015) Wimbledon: 1R (2015) AQSh ochiq chempionati: 1R (2014)

Juftlik: Avstraliya ochiq chempionati: Gʻ (2015) Fransiya ochiq chempionati: Gʻ (2015) Wimbledon: YF (2015) AQSh ochiq chempionati: 1R (2014)

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar