Namangan metallurgiya zavodi (qisqacha NMZ) — Oʻzbekistondagi metallurgiya korxonasi. Zavod Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan bo‘lib, metalloprokat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi.

Tarixi Namangan metallurgiya zavodi qoʻshma korxona shaklida tashkil etilgan. 2022-yilda eʼlon qilingan maʼlumotda korxona investitsiya qiymati 50 million AQSh dollariga teng ekani, toʻliq quvvatda esa yiliga 600 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga egaligi qayd etilgan.

Zavod ISO 9001 va ISO 14001 xalqaro sertifikatlariga ega, shuningdek Tojikiston, Afgʻoniston va Yevropa davlatlari bilan eksport shugullanadi.

Faoliyati Namangan metallurgiya zavodi metalloprokat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona sifatida tilga olinadi. 2025-yil sentabr oyida eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotga ko‘ra, zavod mahsulotlari Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilinadi hamda korxonada 570 nafar ishchi faoliyat yuritadi.

2025-yilda bo‘lib o‘tgan MiningMetals Uzbekistan 2025 xalqaro ko‘rgazmada Namangan metallurgiya zavodi Oʻzbekistonning togʻ-kon va metallurgiya sanoatidagi yetakchi korxonalari qatorida tilga olingan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston metallurgiya korxonalari Turkum:Namangan viloyatidagi tashkilotlar Turkum:Chust tumani Turkum:Oʻzbekiston shirkatlari