Mariana Katzarova (1966-yilda tugʻilgan) — bolgariyalik jurnalist, Anna Politkovskaya mukofotini taʼsis etgan „RAW on WAR“ xayriya tashkiloti asoschisi. 2023-yilda Rossiya Federatsiyasi boʻyicha ilk BMTning maxsus maʼruzachisi boʻlgan.
Yoshligi va taʼlimi Katzarova 1966-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida tugʻilganApplication form to become a special rapporteur of the UN. U Sofiya universitetida va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida tahsil olgan. Oʻqishni tamomlagach, inson huquqlari boʻyicha bilim olish maqsadida Jeneva xalqaro insonparvarlik huquqi va inson huquqlari akademiyasi hamda London iqtisodiyot maktabida tahsil olgan.
Faoliyati 1990-yilda Katzarova AQShga koʻchib oʻtgan.
Kolumbiya universitetidagi kursini tugatgach, Katzarova Inson huquqlari instituti va Inson huquqlari boʻyicha advokatlar qoʻmitasida ishladi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida Rossiyaga oid maʼlumotlarni tadqiq qilish bilan shugʻullandi.
2006-yilda u Bosniya, Kosovo va Chechenistondagi urushlar haqida 10 yil davomida reportajlar tayyorlaganidan soʻng, „RAW on WAR“ xayriya tashkilotiga asos solgan. Ushbu xayriya tashkiloti 2007-yilda Moskvada suiqasd oqibatida oʻldirilgan jurnalist sharafiga nomlangan Anna Politkovskaya mukofotini taʼsis etgan.
Katzarova 2023-yil 1-maydan boshlab Rossiya Federatsiyasi ichidagi inson huquqlari masalalarini koʻrib chiqish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus maʼruzachisi etib tanlandi. 2023-yil sentyabrda Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkilotida Inson huquqlari kengashidagi oʻz mavqeini tiklash uchun harakatlarni boshladi. Katzarova Rossiyadagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat yomonlashayotganini taʼkidladi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishni tanqid qilganlar hibsga olinishi va qiynoqlarga duchor etilayotgani haqida aytildi.
2024-yil fevral oyida rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy Arktikadagi qamoqxonada vafot etganida Katzarova bu borada ochiq fikr bildirgan.
Manbalar
Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bolgariyalik jurnalistlar Turkum:Bolgariyalik inson huquqlari faollari