Shahzoda Mehmed Sayfiddin afandi (; 1874-yil 22-sentyabr — 1927-yil 19-oktyabr) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Abdulaziz va Gevheri Kadınning oʻgʻli.

Yoshligi Shahzoda Mehmed Sayfiddin 1874-yil 22-sentyabrda Çırağan saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli sulton Abdulaziz, onasi esa Gevheri Kadın boʻlgan. Shahzoda Mehmed sulton Abdulazizning eng kichik oʻgʻli, Gevkeri Kadınning esa ikkinchi farzandi edi. Esma Sulton uning tugʻishgan opasi boʻlgan.

Sulton Abdulaziz 1876-yil 30-mayda taxtdan agʻdarildi va uning oʻrniga jiyani Murod V oʻtirdi. Biroq Abdulazizning yaqinlari Dolmabahçe saroyini tark etishni istamadi. Biroq Abdulaziz ertasiga Feriye saroyiga koʻchirildi. 1876-yil 4-iyunda u sirli tarzda vafot etdi.

Shahzoda Sayfiddin 1879-yilda Ilhamur saroyida opasi Esma Sulton, Shahzoda Mehmed Shavkat hamda sulton Abdulhamid II ning farzandlari Shahzoda Mehmed Salim va Zekiye Sulton bilan birga taʼlim olishni boshladi. Uning bolaligi va yoshlik davrlari opasi va onasi bilan birga Feriye saroyida oʻtdi. Sayfiddin yoshligidan sanʼat, rasm chizish boʻyicha saboq oldi va isteʼdodli bastakor sifatida tanildi. Uning musiqa ustozlari Tanburi Jamil bey va Santuri Adham afandi edi. Musiqadan tashqari u yaxshi rasm chizishi, sheʼriyati bilan ham tanilgan.

Shaxsiy hayoti Shahzoda Mehmed Sayfiddin uchun Feriye saroyida xonalar ajratilgan edi, shuningdek, uning Saudiya hududida ham villasi bor edi. U yozni Saudiya villasida, qishni esa Feriye saroyida oʻtkazardi. Bundan tashqari, Sayfiddinning Camlıçada ham bir hashamatli uyi boʻlgan. Bu uy ilgari Davlat kengashining sobiq aʼzosi Vahit beyning otasi Necip Mollaga (1890-yilda vafot etgan) tegishli edi. Sayfiddin avval ushbu uyni ijaraga olgan, 1894-yilda esa sotib olgan.

Nikohlari Sayfiddinning birinchi xotini Neşefelek xonim boʻlib, u Necmifelek nomi bilan ham tanilgan. U 1880-yil 5-yanvarda tugʻilgan. Juftlik 1899-yil 4-dekabrda turmush qurgan. 1901-yil 26-sentyabrda ularning farzandi Shahzoda Mehmed Abdulaziz dunyoga kelgan. Neşefelek xonim 1930-yilda Fransiyaning Nice shahrida vafot etgan.

Uning ikkinchi xotini Nervaliter xonim edi. Nervaliter xonim 1885-yil 27-martda Rossiya imperiyasining Kavkaz noibligi tarkibida boʻlgan Gruziyaning Poti shahrida tugʻilgan. Ular 1902-yil 23-fevralda turmush qurgan. 1903-yil 30-iyulda juftlikning birinchi farzandi Shahzoda Mahmud Shavkat dunyoga kelgan. Undan soʻng 1904-yil 2-dekabrda egizak farzandlari Shahzoda Ahmad Tavhid va Fotima Gavhari Sulton dunyoga kelgan. Usmoniylar oilasi surgun qilinganidan soʻng Nervaliter xonim Fransiyada yashagan va 1935-yilda Nice shahrida vafot etgan.

Shahzoda Mehmed Sayfiddinning uchinchi umr yoʻldoshi Makbule xonim boʻlgan. Biroq ularning farzandi boʻlmagan.

Sayfiddinning toʻrtinchi xotini Muruvverid xonim edi. Ular ham farzand koʻrmagan.

Shaxsiy qiziqishlari Sayfiddin mohir bastakor boʻlib, Callisto Guatellining shogirdi boʻlgan. U pianino, skripka, baraban chalar, ularga mos ohanglarda asarlar yaratardi. 1914-yilda u Chapelle St. Louisdan organ sotib olib, uni Istanbulga olib keltirgan. Uning oʻgʻillari Mehmed Abdulaziz, Mahmud Shavkat va Ahmad Tavhid mohir barabanchilar edi. Qizi Gavhari Sulton ham koʻplab kuylar bastalagan mohir skripkachi va barabanchi boʻlgan. Sayfiddin unga turli cholgʻu asboblarida musiqa bastalashni oʻrgatgan, bular qatoriga ud, tanbur va lavta kirgan. Shahzoda Sayfiddin mumtoz diniy va dunyoviy klassik qoʻshiqlar bastalagan. Bugungi kunda uning faqat ikkita asari: „Xuzzam“ va „Bayati“ maqomlari hamda yana bir necha asarlari maʼlum xolos.

Musiqadan tashqari, Mehmed Sayfiddin Ramazon oyida Istanbul masjidlari minoralariga mahya chiroqlarini ham oʻrnatgan. U minoralarning oʻlchamlarini shaxsan oʻlchagan. Sayfiddin rassomchilik va haykaltaroshlikka ham qiziqqan, organ chalgan.

Harbiy faoliyati Mehmed Sayfiddin amakivachchasi sulton Mehmed V hukmronligi davrida Usmoniylar dengiz flotiga qabul qilingan. Unga 1916-yil 7-fevralda faxriy kapitan unvoni berilgan. Ikki yildan soʻng 1918-yil 28-iyulda u kontr-admiral unvoniga koʻtarilgan, keyinroq esa vitse-admiral unvonini olgan.

1918-yil oktyabr oyida Mudros sulhi tuzilgach, Onadoʻlida tartibsizliklar va bosqinlar yuzaga keldi. Hukumat shahzodalar boshchiligida maslahat qoʻmitalarini Onadoʻliga yuborib, xalqni tinchlikka chaqirdi. Shu maqsadda shahzodalar rahbarligida ikki delegatsiya tashkil etildi. Ulardan biri Onadoʻliga, ikkinchisi Frakiyaga yuborildi. 1919-yil aprelida Sayfiddin delegatsiyalardan biriga boshchilik qilib, Frakiyaga joʻnadi. Delegatsiya tarkibida sobiq harbiy vazir Ferik Cevad posho, Bosh shtab boshligʻi Ferik Fevzi posho va ikki leytenant bor edi. Tashqi ishlar tarjima idorasidan vakil sifatida olim Ziyoudin afandi ham delegatsiya tarkibiga kiritilgan.

Birinchi Jahon urushi davrida Harbiy-dengiz floti jamiyati olib borgan kampaniya doirasida Usmoniylar flotini yaxshilash maqsadida Sayfiddin jamiyatga 60 000 kuruş ehson qilgan. Dengizchilik va kemasozlikka qiziqqan Sayfiddin 1918-yilda davolanish uchun Vena va Karsbald issiq buloqlariga borgan.

Surgun va vafoti

1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilingach, Sayfiddin va uning oilasi Fransiyaning Nice shahridagi Cimiez mahallasiga koʻchib oʻtdi. Ular uning amakivachchasi Seniha Sultonga tegishli boʻlgan Carabacel villasi yaqinidan villa sotib oldi. Shahzoda Mehmed Sayfiddin 1927-yil 19-oktyabrda 53 yoshida vafot etdi va Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasi qabristoniga dafn etildi.

Unvon va mukofotlari Usmoniylar mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni Iftixor ordeni 1-darajali Usmoniya ordeni, 1884-yil 27-iyul. Majidiya ordeni Liyoqat urushi oltin medali Hijoz temiryoʻli oltin medali Usmoniylar urush medali

Xalqaro mukofotlari : Buyuk xoch Leopold ordeni, 1918-yil 6-iyun

Harbiy lavozimlari Faxriy harbiy lavozimlari Usmoniylar dengiz floti kapitani, 1916-yil 7-fevral Usmoniylar dengiz floti kontr-admirali, 1918-yil 28-iyul Usmoniylar dengiz floti vitse-admirali

Farzandlari Ismi Tavalludi Vafoti Izohlar Neşefelek xonim bilan nikohidan (1899-yil 4-dekabrda turmush qurgan) Shahzoda Mehmed Abdulaziz 1901-yil 26-sentyabr 1977-yil 19-yanvar Feriye saroyida tugʻilgan. Bir marta uylangan, bir qizi bi’lgan. Fransiyaning Nice shahrida vafot etgan va oʻsha yerda dafn etilgan. Nervaliter xonim bilan nikohidan (1902-yil 23-fevralda turmush qurgan) Shahzoda Mahmud Shavkat 1903-yil 30-iyul 1973-yil 31-yanvar Suadiya villasida tugʻilgan. 1922-yilda Naime Sultonning qizi Adile Xonimsulton bilan turmush qurgan, biroq 1928-yilda u bilan ajrashgan, ularning bir qizi boʻlgan. Surgunda Fransiyaning Gard shahri Bagnols-sur-Cèze mahallasida vafot etgan va oʻsha yerda dafn etilgan. Shahzoda Ahmad Tavhid 1904-yil 2-dekabr 1966-yil 24-aprel Üsküdardagi Kichik Çamlıca villasida tugʻilgan, Gavhari Sultonning egizak ukasi. oilasiz. Livanning Bayrut shahrida surgunda vafot etgan. Fotima Gavhari Sulton 1904-yil 2-dekabr 1980-yil 10-dekabr Üsküdardagi Kichik Çamlıca villasida tugʻilgan, Ahmad Tavhidning egizak opasi. Oilasiz. Istanbulning Taksim maydonida vafot etgan va Sulton Mahmud II maqbarasiga dafn etilgan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1874-yilda tugʻilganlar Turkum:1927-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari Turkum:Xalifalarning o‘g‘illari Turkum:Doʻlmabogʻcha saroyi