Martha Matoula (; 1997-yil 26-aprelda tugʻilgan) — gretsiyalik professional tennischi.
Sport faoliyati Matoula Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 305-oʻrin (2023-yil 6-noyabr), juftlik yoʻnalishi boʻyicha 228-oʻrinni (2025-yil 13-oktyabr) qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichlari hisoblanadi.
Matoula Billie Jean King kubogi musobaqalarida Gretsiya sharafini himoya qilgan. Sportchi yakkalik yoʻnalishida 1 marta ishtirok etgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Juftlik bahslarida esa 1 ta oʻyinda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va 1 tasida magʻlubiyatga uchragan.
Matoula Tulsa universitetida (2015–2019) tahsil olgan va buxgalteriya hisobi boʻyicha bakalavr darajasini olgan.
Sportchi 2023-yilgi Transilvaniya ochiq turnirida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtgan. U musobaqaning birinchi davrasida 3 soatdan ortiq davom etgan 3 setli uchrashuvda Patricia Maria Țigga magʻlub boʻlgan.
Manbalar
Havolalar Martha Matoula Tulsa universiteti saytida
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gretsiyalik ayol tennischilar Turkum:Salonikilik sportchilar Turkum:21-asr gretsiyalik sportchi ayollar