Yekta Jamali (; 2004-yil 16-dekabrda tugʻilgan) — Eronda tugʻilgan ogʻir atletikachi.

Sport faoliyati Jamali 2021-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida 87 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ushbu medal Eron ayollar jamoasi tomonidan ogʻir atletika boʻyicha qoʻlga kiritilgan ilk medal hisoblanadi.

Jamali 2022-yilda Germaniyada siyosiy boshpana olgan, shundan soʻng 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Qochqinlar Olimpiya jamoasi safida ishtirok etgan. Sportchi musobaqada jami 231 kg tosh koʻtarib, toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Asosiy natijalari YilOʻtkazilgan joyVazn Siltab koʻtarish (kg) Dast koʻtarish (kg) Jami Oʻrin123Oʻrin123OʻrinYozgi Olimpiada oʻyinlari2024 Parij, Fransiya 81 kg 9599 103 124128 133 231 9Jahon chempionatlari2021 Toshkent, Oʻzbekiston 87 kg 9096100101131181221022292024 Manama, Bahrayn 81 kg 1001041078127131133823772025 Førde, Norvegiya 77 kg 1021061085125130130132388 Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati2021 Toshkent, Oʻzbekiston 87 kg 8590921051111162082022 Iraklion, Gretsiya 87 kg 949810011512112162214Jahon yoshlar chempionati2021 Jidda, Saudiya Arabistoni 81 kg 869093107115119205

Manbalar

Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik ayol ogʻir atletikachilar Turkum:Eronlik qochqinlar Turkum:21-asr eronlik ayol sportchilar