Sussan Tahmasebi () — eronlik yetakchi ayollar huquqlari himoyachisi va ekspert. Faoliyati Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hamda Osiyoda ayollar huquqlari va tinchlikni ilgari surish ishlariga qaratilgan.
Yoshligi Tahmasebi Tehronda tugʻilgan boʻlib, otasi eronlik, onasi amerikalik boʻlgan. Ularning oilasi 1978-yilda Eron inqilobi arafasida AQShga koʻchib ketgan. Tahmasebi 1999-yilda Eronga qaytib, 10 yildan ortiq vaqt davomida shu yerda yashagan va Eron fuqarolik jamiyati hamda eron ayollar harakatiga qoʻshilgan.
Faoliyati Tahmasebi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hamda Osiyo mintaqalarida ayol inson huquqlari himoyachilarini, ularning tashkilotlari va feministik harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydigan „Femena“ tashkilotining hammuassisi va ijrochi direktoridir. U Eron va Yaqin Sharqdagi ayollarning ahvoli boʻyicha yetakchi ekspert hisoblanadi. U „Bir million imzo kampaniyasi“ning taʼsischi aʼzosi ham boʻlib, ushbu kampaniya Eronda gender boʻyicha kamsituvchi qonunlarga barham berish yoʻlida ishlaydigan quyi qatlamdan chiqqan tashabbus sanaladi. Eronda boʻlgan paytida Tahmasebi Eronning endigina shakllanayotgan fuqarolik jamiyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash ustida ham ishlagan. Shu maqsadda u Eron Fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun oʻqitish va tadqiqot markazini hammuassis sifatida tashkil etgan. Shuningdek, ushbu tashkilotning kengash aʼzosi boʻlib hamxizmat qilgan.
Manbalar
Turkum:Eronlik inson huquqlari faollari Turkum:Eronlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Yashayotgan insonlar