Behare Eleviy yoki Bahora Alaviy (1989 — 2011) — eronlik inson huquqlari faoli, ayollar huquqlari himoyachisi va bloger (yozuvchi)At night, when you close your eyes, think of a woman who never sleeps, Bahareh Alavi, Amnesty International UK, 2010. U 1989-yilda Eronning Saqqiz shahrida kurd oilasida tugʻilgan. U Eron qonunlarini ayollar huquqlari foydasiga oʻzgartirishga qaratilgan Bir million imzo toʻplash kampaniyasi aʼzosi boʻlgan va 2011-yil boshlarida avtohalokatda vafot etganBahareh Alavi, activist of the One Million Signatures Campaign, Iran Today, 26 April 2011Keep Iranʼs Heart Beating, slideshare.net, 2016Keeping Iranʼs Heart Beating- Stories of Womenʼs Rights Activists , 2011پروین اردلان: جای یک رسانه بدون مرز خالی‌ست, DW.De, 2010.

Tarjimai holi va faoliyati Bahora Alaviy 2005-yilda, 16 yoshida, oʻsmirlik chogʻida yozishni boshlagan, ayni oʻsha paytda u ayollar huquqlarini himoya qilishni boshlagan va „Quyosh qizi“ nomli blogini yuritishga kirishgan. Uning bloglarida asosan ayollar mavzusi hamda feminist va jinsiy tengsizlikka oid tushunchalarning tabu qilinishi yoritilgan ediThe Daughter of the Sun, Bahara Alavi Web blogAlavi, sunset of the sun girl, Iran global, 28 April 2011.

U jurnalistikaga qiziqqani uchun bir necha maxsus jurnalistika kurslarida ham qatnashgan va bu sohada professional ishlashni niyat qilgan. Ammo ishining eng yuksak nuqtasi ayollarni kamsituvchi Eron qonunlarini oʻzgartirishga qaratilgan Bir million imzo kampaniyasi boʻldi. U Kirmonshohdagi kampaniyaning eng faol aʼzolaridan biri boʻlib, kampaniyaning Tehron, Sanandaj, Rasht, Isfahon va Saqqizdagi koʻplab uchrashuv va yigʻilishlarida ishtirok etgan. Uning ayrim maqolalari „tenglik uchun oʻzgarish“ („Change for Equality“) kabi turli veb-saytlarda chop etilganThe Change for Equality website won the Internet Citizen Award, DW, 2010. Bahoraning faoliyatining yana bir qismi siyosiy mahbuslarni, ayniqsa Kurdistondagi mahbuslarni himoya qilish sohasi bilan bogʻliq boʻlgan. U mahbuslar oilalari bilan aloqaga chiqib, ommaviy axborot vositalariga intervyular berish orqali ularning ozod qilinishiga erishishga harakat qilgan. U Yashil harakatning faol norozilaridan biri boʻlib, Kirmonshohdagi norozilik namoyishlarida va oʻldirilganlarni xotirlash tadbirlarida faol qatnashgan. Uning eng faol saʼy-harakatlaridan biri Sanandaj qamoqxonasi oldida boʻlib, u yerda ularning qatl etilishini toʻxtatish maqsadida Habibullo Latifiyga nisbatan ijro etilishi rejalashtirilgan oʻlim jazosiga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazgan. Xususan, u turli shaharlardagi siyosiy mahbuslar ahvoliga eʼtibor qaratishga intilganCommemoration of the tenth anniversary of the death of Bahareh Alavi, Kaveh Kermanshahi, SoundCloud, 2021.

Uning safdoshlaridan biri, Human Rights Watch tomonidan beriladigan Hellman/Hammett mukofotiga sazovor boʻlgan Kave Kirmonshohiy, bu mukofotni Radio Zamanehga bergan intervyusida Bahoraga ataganini bildirganKaveh Kermanshahi presented his award to Bahara, We Women Website, 2001.

Bahora Alaviy 2011-yil 27-aprelda avtohalokatda vafot etganA lament for Bahareh Alavi who went with Bahar, Asr No, 27 April 2011.

Bahora Alaviyning oʻlimi inson huquqlari va ayollar huquqlari faollari orasida keng aks-sado berdi, ommaviy axborot vositalarida uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan bir qancha maqolalar chop etildiCommemoration of Bahareh Alavi, Iranian Womenʼs Association, 5 May 2011Bahare Alavi, Missed but Not Forgotten, We-Change.org, 2011.

Masalan: „Inson huquqlari hamjamiyati haqiqatan ham porloq bir yulduzini yoʻqotdi, biroq ‘tenglik uchun oʻzgarish’ saytining eslatishicha, xonim Alaviy ‘sogʻiniladi, lekin unutilmaydi’. Quyida ‘tenglik uchun oʻzgarish’ tomonidan xonim Alaviyning ibratli hayotini tasvirlab beruvchi taʼsirli bir maqola keltiriladi…“Bahare Alavi, Missed but Not Forgotten , united4iran, 2011.

Ispaniyada yashovchi Fred Petrossian Bahoraning oʻlimiga munosabat bildirar ekan, u „Quyosh qizi“ blogining muallifi va eronlik faollardan biri boʻlganini yozganIran: Activist and blogger died in a car accident, Fred Peterson, GlobalVoices, 2011.

Frayye Universiteti (Freie Universität Berlin) Siyosiy va ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan Rezvon Mogʻaddam shunday yozgan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga yoʻllangan maktub

Bahora Alaviy 2010-yilda Eronning ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishi borasida ogohlantirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga maktub yozgan ayollar huquqlari faollaridan biri edi. Maktubda shunday deyiladi: „Biz, gender tengligi faollari guruhi, ayollar huquqlari nuqtai nazaridan olganda, BMTning Ayollar maqomi boʻyicha komissiyasida (CSW) Osiyo guruhi uchun boʻsh oʻrinning qolishi Eron aʼzoligidan koʻra afzalroq ekaniga ishonamiz. Biz sizni Eronning ushbu xalqaro organga aʼzo boʻlishi oʻta salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirish uchun yozmoqdamiz.“Letter by Womenʼs Rights Activists to Members of the United Nationʼs Economic and Social Council, Center for Human Rights in Iran, 2010.

Amnesty International 2011-yilda Amnesty International „Eron ayollar harakatining urib turgan yuraklari“ nomli koʻrgazmada Bahora Alaviyni Eronning eng yetakchi 20 nafar ayollar huquqlari faollaridan biri sifatida tilga oldi. 2011-yilda Triniti kollejida oʻtkazilgan ushbu koʻrgazma va seminarda Amnesty International eronlik, jumladan Bahora Alaviy kabi ayollar huquqlari faollarining tarjimai holi aks etgan plakatlar va ularning insonparvarlik faoliyati tasvirlarini namoyish etar ekan, shunday deb yozgan: "eronlik ayollar koʻpincha oʻz huquqlarini talab qilib, oyoqqa turishga ojiz, bechorahol qurbonlar sifatida tasvirlanadi. Aslida esa eronlik ayollar inson huquqlari harakatining markazida turibdi va Eronning eng jasur hamda eng samarali inson huquqlari himoyachilaridandir"Keeping Iranʼs Heart Beating- Stories of Womenʼs Rights Activists , Amnesty International, 2011.

Amnesty International va Human Rights Watch maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi oʻn yilliklarda minglab eronlik ayollar ayollar huquqlariga oid qonunlarga qarshi norozilik bildirib, ularni oʻzgartirishni talab qilgan va ularning maqsadi ayollar huquqlarini taʼminlashdir. Bu mamlakatda koʻplab ayollar huquqlari himoyachilari, jumladan Shirin Ebadi, ixtiyoriy surgunni tanlash yoki mamlakatda qolib, qamoqqa tushish oʻrtasida tanlov qilishga majbur boʻlishganIran 2020, Amnesty International Official WebsiteIran, Human Right Watch.

Manbalar

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Eronlik inson huquqlari faollari