Weronika Falkowska (2000-yil 17-iyunda tugʻilgan) — polshalik tennischi. 2023-yil yanvar oyida WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 240-oʻrin, 2023-yil 28-avgustda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 83-oʻrinni qayd etgan.
Sport faoliyati Falkowska WTA Turi asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini 2021-yilgi Polsha ochiq turnirida amalga oshirgan.
Cristina Bucșa bilan juftlik yasagan holda sportchi 2022-yilda WTA 125 toifasidagi Andorra ochiq turnirida juftlik unvonini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Ular final bahsida Angelina Gabueva va Anastasiya Zaxarova juftligini magʻlub etgan.
Katarzyna Kawa bilan birga Falkowska WTA 125 toifasidagi 2023-yilgi Copa Oster turnirida juftlik unvonini qoʻlga kiritgan. Ular finalda Kyōka Okamura va You Xiaodini yenggan.
Shuningdek, Katarzyna Piter bilan juftlik yasab, 2023-yilgi WTA Polsha ochiq turnirida ilk bor WTA 250 musobaqasi finaliga chiqqan, biroq Heather Watson va Yanina Wickmayerga oʻyinni boy bergan. Xuddi shu juftlik WTA 125 toifasidagi Veneto ochiq turnirida ham finalga qadar yetib borgan, biroq finalda Han Na-lae hamda Jang Su-jeongga magʻlub boʻlgan.
Martyna Kubka bilan juftlik yasagan Falkowska WTA 125 toifasidagi 2024-yilgi Polsha ochiq turnirida juftlik unvonini qoʻlga kiritgan. Ular finalda Céline Naef va Nina Stojanovićni magʻlub etgan.
2025-yil mart oyida Falkowska faoliyatidagi 27-unvonni qoʻlga kiritdi. U Solarino shahrida oʻtkazilgan W35 turnirida amerikalik Paris Corley bilan birga juftlik bahsi chempioniga aylandi. Juftlik final uchrashuvida Samira de Stefano va Gaja Maduzzni ikki setda yengdi. Shuningdek, u shu chempionatning yakkalik yoʻnalishi finaliga chiqdi, biroq finalda tayvanlik sportchi Joanna Garlandga magʻlub boʻldi.
Havolalar
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polshalik ayol tennischilar Turkum:21-asr polshalik ayol sportchilar