"Only Teardrops" — daniyalik qoʻshiqchi Emmelie de Forest tomonidan ijro etilgan qoʻshiqdir. U Lise Cabble, Julia Fabrin Jakobsen va Thomas Stengaard tomonidan yozilgan hamda Frederik Thaae prodyuserligida chiqarilgan. Qoʻshiq Malmyo shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2013da Daniya sharafini himoya qilgan hamda mamlakatga ushbu tanlovdagi uchinchi gʻalabasini keltirgan.

Qoʻshiq dastlab tanlovda Germaniya sharafini himoya qilish uchun yozilgan edi, biroq u rad etilgan.

Tavsifi Yaratilishi "Only Teardrops" qoʻshigʻi 2012-yilda Lise Cabble, Julia Fabrin Jakobsen va Thomas Stengaard tomonidan yozilgan hamda Frederik Thaae prodyuserligida tayyorlangan.

Eurovision thumb|"Only Teardrops" Eurovisionda 2013-yil 26-yanvarda Emmelie de Forest tomonidan ijro etilgan "Only Teardrops" qoʻshigʻi Dansk Melodi Grand Prixning 43-nashrida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Sahna koʻrinishi davomida sahnadagi bir necha musiqachilar tasodifan SS formalarida boʻlganlar. Bu DRning liboslar boʻlimidagi chalkashlik tufayli yuz bergan, chunki ushbu liboslar tarixiy dramada foydalanish uchun ham moʻljallangan edi. Mazkur festival Daniya teleradiokompaniyasi (DR) tomonidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2013 uchun oʻz qoʻshigʻi va ijrosini tanlab olish maqsadida foydalanilgani sababli, qoʻshiq Eurovisionda Daniya ishtirokchisiga, de Forest esa uning ijrochisiga aylangan.

2013-yil 14-mayda Malmyo shahridagi Malmyo Arenada Eurovision qoʻshiq tanlovining birinchi yarim finali boʻlib oʻtdi. Tadbirga SVT mezbonlik qildi va butun qitʼa boʻylab jonli efirda uzatildi. Emmelie de Forest oʻsha oqshom beshinchi boʻlib "Only Teardrops"ni ijro etdi. Grand finaldan soʻng maʼlum boʻldiki, qoʻshiq yarim finalda 167 ball toʻplab, birinchi oʻrinni egallagan va finalga yoʻllanma olgan. 2013-yil 18-mayda u grand finalda oʻn sakkizinchi boʻlib qoʻshiqni yana bir bor ijro etdi. Ovoz berish yakunida u 281 ball toʻplab, birinchi oʻrinni egalladi va tanlovda gʻolib chiqdi. Bu Daniyaning tanlovdagi uchinchi gʻalabasi edi.

Keyingi voqealar Gʻolib teleradiokompaniya sifatida Yevropa teleradioittifoqi (EBU) DRga Eurovision qoʻshiq tanlovining keyingi nashriga mezbonlik qilish masʼuliyatini yukladi. De Forest 2014-yil 6-mayda birinchi yarim finalni "Only Teardrops" ijrosi bilan ochib berdi. 2015-yil 31-martda u Londonda boʻlib oʻtgan Eurovisionning 60 yilligiga bagʻishlangan Eurovision Song Contest's Greatest Hits shousida qoʻshiqni ijro etdi.

Treklar roʻyxati Raqamli yuklab olish "Only Teardrops" – 3:03

CD singl "Only Teardrops" – 3:03 "Only Teardrops" (instrumental versiyasi) – 3:03

Raqamli yuklab olish – Kongsted remix "Only Teardrops" (Kongsted remix) – 5:34 "Only Teardrops" (Kongsted remix radio edit) – 3:40

Jamoa Lise Cabble – qoʻshiq muallifi Julia Fabrin Jakobsen – birinchi qoʻshiq muallifi Thomas Stengaard – qoʻshiq muallifi Frederik Thaae – prodyuser, klavishli cholgʻular, gitara, barabanlar, dasturlash Emmelie de Forest – vokallar Gunhild Overegseth – bek-vokal Hans Find Møller – Tin whistle Tore Nissen – vokal prodyuseri

Maʼlumotlar DRdan olingan.

Musiqiy video De Forest oʻzining Facebook sahifasida videoni suratga olish jarayonidan bir necha fotosuratlarni joylashtirdi. Videoga Michael Sauer Christensen rejissyorlik qilgan. Video oʻrmonda va plyajda suratga olingan. U 2013-yil 13-iyun kuni DRning rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi.

Tijorat muvaffaqiyati Qoʻshiq de Forestning vatani Daniyada darhol xitga aylandi va u yerda chiqarilishi bilanoq Danish Singles Chartda ikkinchi oʻrinda debyut qildi hamda eng yuqori pogʻonaga koʻtarildi. Eurovisiondagi gʻalabasidan soʻng, qoʻshiq singllar chartida birinchi oʻrin bilan qayta kirdi. Shundan soʻng u IFPI Denmark tomonidan 15,000 raqamli nusxada sotilgani uchun oltin sertifikat bilan taqdirlandi. U 2013-yilda Daniyada eng koʻp sotilgan raqamli singllar orasida oʻn toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Buyuk Britaniyada "Only Teardrops" chartlar yopilishidan toʻrt soat oldin efirga uzatilganiga qaramay, 99-oʻrinda debyut qildi. Bir hafta oʻtgach, singl Buyuk Britaniyada 15-oʻringacha koʻtarildi. Uchinchi haftasida u 84-oʻringa tushdi va keyingi hafta chartni tark etdi. The Official Charts Company maʼlumotlariga koʻra, "Only Teardrops" Buyuk Britaniyada hozirgi kunga qadar eng koʻp yuklab olingan yettinchi Eurovision qoʻshigʻi hisoblanadi.

Haftalik chartlar Chart (2013) Eng yuqorioʻrinAvstraliya (ARIA) 47Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 7Belgiya (Flandriya) 11Belgiya (Valloniya) 26Braziliya (Antena) 2MDH (Tophit) 105Daniya (Tracklisten) 1Euro Digital Songs (Billboard) 8Finlandiya (Suomen virallinen lista) 17Fransiya (SNEP) 78Germaniya (GfK Entertainment charts) 5Gretsiya (Billboard) 1Islandiya (RÚV) 1Irlandiya (Irish Singles Chart) 5Italiya (FIMI) 81Lyuksemburg (Billboard) 4Niderlandiya (Dutch Top 40) 14Niderlandiya (Single Top 100) 4Norvegiya (VG-lista) 9Shotlandiya (Official Charts Company) 14Slovakiya (Rádio Top 100) 14Sloveniya (SloTop50) 29Ispaniya (PROMUSICAE) 8Shvetsiya (Sverigetopplistan) 3Shvetsariya (Schweizer Hitparade) 3Turkiya (Number One Charts) 11Ukraina (FDR) 8Buyuk Britaniya (UK Singles Chart) 15

Yil yakuni chartlari Chart (2013)Oʻrin Braziliya (Antena 1 Radio) 18Daniya (Tracklisten) 14 Germaniya (GfK Entertainment charts) 77Niderlandiya (Dutch Top 40) 101 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 79 Ukraina (TopHit) 54

Sertifikatlar Hudud Sertifikat Sotuvlar Daniya (IFPI Denmark) Platina 30,000 Germaniya (BVMI) Oltin 150,000

Chiqarilish tarixi Hudud Sana Format Leybl Daniya 22-yanvar, 2013-yil Raqamli yuklab olish Sony Music Dunyo boʻylab 2-may, 2013-yil Avstriya 14-iyun, 2013-yil CD singl Germaniya Shvetsariya Dunyo boʻylab 24-iyun, 2013-yilRaqamli yuklab olish – Kongsted remix

Manbalar

Havolalar

Turkum:2013-yilgi debyut singllar Turkum:2013-yilgi Eurovision qoʻshiqlari Turkum:Daniyaning Eurovision qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi Daniya qoʻshiqlari Turkum:Lise Cabble yozgan qoʻshiqlar Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib boʻlgan qoʻshiqlar Turkum:2013-yilgi qoʻshiqlar Turkum:Daniyadagi birinchi raqamli singllar Turkum:Gretsiyadagi birinchi raqamli singllar Turkum:Islandiyadagi birinchi raqamli singllar Turkum:Sony Music singllari