Intel Extreme Masters Cologne Major 2026 (qisqacha IEM Cologne Major 2026) — Counter-Strike 2 boʻyicha beshinchi hamda umumiy hisobda yigirma toʻrtinchi Counter-Strike Major turniri hisoblanadi. Musobaqa 2026-yil 2-iyundan 21-iyungacha Germaniyaning Kyoln shahrida oʻtkaziladi. Pley-off bahslari Lanxess Arenada, 3-bosqich uchrashuvlari esa Palladiumda jonli tomoshabinlar qarshisida boʻlib oʻtadi. Major turnirida 32 ta jamoa ishtirok etadi va ularning barchasi musobaqaga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma asosida qatnashadi. Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 1,250,000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Umumiy maʼlumotlar Counter-Strike 2 — Valve Corporation tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p o‘yinchili, birinchi shaxs nomidan o‘ynaladigan otishma janridagi videoo‘yin. U Counter-Strike turkumidagi beshinchi o‘yin hisoblanadi. Professional Counter-Strike musobaqalarida Valve homiyligidagi Major turnirlari eng nufuzli musobaqalar sifatida eʼtirof etiladi.

Major 2025-yil 3-avgust kuni, o‘sha yilgi IEM Cologne finalidan so‘ng eʼlon qilindi. U ESL tomonidan tashkil etiladigan sakkizinchi Major turniri bo‘ladi. ESL bundan avval so‘nggi marta 2022-yildagi IEM Rio Major 2022 musobaqasiga mezbonlik qilgan edi.

Team Vitality Major turnirining ketma-ket ikki karra amaldagi chempioni hisoblanadi. Jamoa 2025-yilda Austinda o‘tkazilgan Major finalida The MongolZ ustidan 2:1, eng so‘nggi Major bo‘lgan Budapest 2025 finalida esa FaZe Clan ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

1-bosqich 1-bosqichda Valvening global mintaqaviy reytinglari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif etilgan o‘n olti jamoa Shveysariya tizimidagi musobaqada ishtirok etadi. Jamoalar dastlab Valve mintaqaviy reytingidagi o‘rinlariga ko‘ra saralanadi, keyingi uchrashuvlar uchun esa saralash Buchholz ko‘rsatkichi asosida amalga oshiriladi. O‘n olti jamoa 2-bosqichdagi sakkizta o‘rin uchun kurashadi. Chetlatish va keyingi bosqichga chiqishni hal qiluvchi uchrashuvlar Bo3 formatida, qolgan barcha uchrashuvlar esa Bo1 formatda o‘tkaziladi.

1-bosqich 2026-yil 2-iyundan 5-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

Natijalar

1-tur

2-tur

3-tur

4-tur

Manbalar

Turkum:Counter-Strike 2 musobaqalari