„Bella“ („Chiroyli“) — maltalik xonanda Aidan ijrosidagi qoʻshiq. U malta milliy final — Malta Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da gʻolib chiqqach, Malta nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da ijro etildi.

Eurovision qoʻshiq tanlovi

Malta Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 Aidan 2025-yil 1-dekabr kuni oʻzining „Bella“ qoʻshigʻi bilan Malta Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 ishtirokchilaridan biri sifatida eʼlon qilindi. Qoʻshiq keyinchalik 2026-yil 2-yanvarda ommaga taqdim etildi.

Malta Eurovision qoʻshiq tanlovi yarim finali 16-yanvar kuni boʻlib oʻtdi va unda „Bella“ katta finalga chiqqan 12 ishtirokchi qatorida boʻldi. Katta final 17-yanvar kuni boʻlib oʻtdi va ovoz berish bosqichidan soʻng „Bella“ hakamlar hayati ovozidan 113 ball va teletomoshabin ovozidan 170 ball oldi. Ovozlar qoʻshilgach, „Bella“ birinchi oʻrinni egalladi va Aidanga Malta nomidan 2026-yilgi tanlovda qatnashish huquqini berildi.

Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 Aidan „Bella“ni 2026-yil 14-may kuni ikkinchi yarim finalning ikkinchi yarmida ijro etdi va finalga yoʻl oldi. Aidan 16-may kuni boʻlib oʻtgan katta finalda ham oʻz chiqishini takrorladi. Qoʻshiq 10-raqam ostida, Serbiya vakili Lavinadan keyin va Chexiya vakili Daniel Žižkadan oldin ijro etildi. U 18-oʻrinni egallab, 89 ball toʻpladi.

„Bella“ Maltadan chiqqan, soʻnggi 26 yil ichida malta tilida kuylangan birinchi Eurovision qoʻshigʻi boʻldi. Malta tilining oldingi qoʻllanilishi 2000-yilgi ishtirokchi — Claudette Pacening „Desire“ qoʻshigʻidagi uchta satrdangina iborat edi.

Chartlar + „Bella“ qoʻshigʻining chartlardagi natijalari Chart (2026) Eng yuqorioʻrin Litva (AGATA). 77 Malta efir (airplay) charti (Radiomonitor). 1 Malta ichki efir charti (BMAT PRS). 1 Buyuk Britaniya singllar sotuvi (OCC). 85

Manbalar