Artsvik Harutyunyan (; ; 1984-yil 21-oktyabrda tugʻilgan) — koʻproq Artsvik taxallusi bilan tanilgan rossiyalik arman xonanda va qoʻshiqnavisi. U „Fly with Me“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2017“ tanlovida ishtirok etgan va finalda 18-oʻrinni egallagan.

Hayoti va karyerasi Yoshligi Artsvik Harutyunyan 1984-yil 21-oktyabrda Armanistonning Kapan shahrida tugʻilgan. U besh yoshga toʻlganida, oilasi Armanistondan Rossiyaga koʻchib oʻtib, Moskva shahriga yashashni boshlagan. Maktabni tamomlagach, Artsvik Moskva Davlat Pedagogika Universitetida tahsil olgan.

2013-yil: „Golos“ 2013-yilda Artsvik „Golos“ koʻrsatuvining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. Mazkur loyiha „The Voice“ning Rossiyadagi talqini hisoblanadi.

2016-yildan–hozirgacha: Eurovision-2017 2016-yilda Artsvik Harutyunyan Armanistonning „Eurovision–2017“ tanlovi uchun vakilini aniqlash maqsadida tashkil etilgan „Depi Evratesil“ milliy saralashida ishtirok etishi eʼlon qilingan. Tanlov davomida u Essaï Altounian jamoasi tarkibida qatnashgan.

2016-yil 24-dekabrda Artsvik tanlov gʻolibi deb eʼlon qilingan va Armaniston nomidan „Eurovision–2017“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. U tanlovda „Fly with Me“ qoʻshigʻini ijro etgan. Mazkur qoʻshiq uchun suratga olingan videoklip rejissyori Arthur Manukyan boʻlgan.

Diskografiyasi Singllar Nomi Yil Albom „Why“ 2014 rowspan="9" „No Fear“ „I Say Yes“ 2015 „Fly with Me“ 2017 „Mna Du“ „Bang Bang“ 2019 „Serdsem k nebesam“ 2021 „Stay“(Ragda Khanieva bilan) „Snova vo sne“

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Kapanda tugʻilganlar