Aysel Mammadova (; 1989-yil 3-iyulda tugʻilgan) — taxallusi Aisel, ozarbayjonlik xonanda.
Aysel Ozarbayjon nomidan Eurovision 2018 qo'shiq tanlovida X My Heart qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan. Shuningdek, u 2023-yilgi Formula-1 Ozarbayjon Gran-prisining ochilish marosimida Ozarbayjon davlat madhiyasini ijro etgan.
Dastlabki hayoti
Mammadova maxsus oʻrta musiqa maktabida tahsil olgan hamda keyinchalik Ozarbayjon davlat konservatoriyasini tamomlagan.
Faoliyati
Mammadova 2005 va 2006-yillarda Baku International Jazz Festivalda, 2009-yilda esa Montreux Jazz Festivalda ishtirok etgan. Shuningdek Aysel Baku Jazz Center aʼzosi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi
2017-yil 8-noyabrda Mammadova Eurovision 2018 qo'shiq tanlovida Ozarbayjon vakili sifatida eʼlon qilingan. Uning tanlov uchun tayyorlangan X My Heart qoʻshigʻi 2018-yil 4-martda taqdim etilgan.
Aysel 8-may kuni oʻtkazilgan birinchi yarim finalda birinchi boʻlib sahnaga chiqgan. Va 94 ochko toʻplab, 11-oʻrinni egallagan. Umumiy hisobda final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan oʻninchi oʻrindagi Finland vakilidan 14 ochko ortda qolgan. Xonanda hakamlar hayʼati va tomoshabinlar ovozidan teng ravishda — 47 ochkodan jamgʻargan. U eng yuqori bahoni Gretsiya hakamlar hayʼatidan olgan. Hakamlar qoʻshiq uchun 12 ochko berishgan. Aysel Ozarbayjonning Eurovision tarixida finalga chiqolmagan ilk ishtirokchisi edi.
Qoʻshiq haqida soʻz yuritar ekan, Aisel shunday degan:
.
Biroq oradan ikki yil oʻtgach, xonanda X My Heart bilan qilgan chiqishidan afsusda ekanligini bildirib, aslida qoʻshiq bilan hech qachon ruhiy bogʻliqlik his qilmaganini aytgan.
2023-yil oktabr oyining oxirida Aysel Eurovision 2024 qo'shiq tanlovi uchun Ozarbayjon milliy saralashining qisqa roʻyxatiga kiritilgan 16 ishtirokchidan biri sifatida eʼlon qilingan.
Bir hafta oʻtgach, Mammadova yakuniy bosqichga yoʻl olgan olti nomzod qatoridan joy olgan. Biroq yakunda u Ozarbayjon vakili sifatida tanlanmagan.
Manbalar