Samra Rahimli (; 1994-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — ozarbayjonlik xonanda va repper.

2015-yilda u „O Ses Türkiye“ (The Voice of Turkey) tanlovida ishtirok etib, chorak finalgacha yetib borgan. 2016-yil mart oyida esa u „Səs Azərbaycan“ koʻrsatuvining birinchi mavsumida finalchi boʻlgan. 2016-yil 10-martda u Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2016“ qoʻshiq tanlovida „Miracle“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etishi eʼlon qilingan. U 1-yarim finalda chiqish qilib, finalga yoʻl olgan va yakunda 117 ball bilan 17-oʻrinni egallagan.

Samra Rahimli 2017-yil 22-iyunda oʻzining „Badminton“ nomli singlini musiqiy video bilan birga taqdim etgan.

2020-yil 1-dekabrda u „Şuşa, biz qayıtmışıq“ nomli qoʻshiqni chiqargan. Bu asar 2020-yilgi Togʻli Qorabogʻdagi qurolli toʻqnashuvda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari tomonidan Shusha shahri ustidan nazorat qayta tiklanganiga bagʻishlangan.

Samra Rahimli 2024-yil fevral oyida toʻrt yillik tanaffusdan soʻng oʻzining ingliz tilidagi ilk qoʻshigʻi — „Tamagotchi“ni chiqargan. Keyingi oyda esa u „I Need A Man“ nomli yangi singlini taqdim etgan.

Diskografiyasi

Albomlar

2021: Göz

Singllari YilNomiAlbom2015"O Sevir"rowspan=8 2016"Miracle"2017"Badminton"2018"Ters Gedir""Hypnotized""Pidjak" (Pidzhak)2019"Armas"2020"Queen""Online" Göz"Şuşa, Biz Qayıtmışıq"2021"Biri Yox, Biri Var" Göz"Göz"

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar