Asad Asil (1941-yil, Boʻstonliq tumani Xondayliq qishlogʻi) — oʻzbek yozuvchisi va publitsisti. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.Asad Asil (1941). Ziyouz.com — oʻzbek nasri onlayn antologiyasi.
Hayoti Asad Asil 1941-yilda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Xondayliq qishlogʻida tugʻilgan. 1966-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetini, 1972-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Boʻstonliq va Qibray tuman gazetalari tahririyatlarida, soʻngra „Sharq yulduzi“ va „Guliston“ jurnallari tahririyatlarida faoliyat yuritgan.
Ijodi Adib ijodida yoshlik xotiralari, maʼrifatparvarlik va tarixiy mavzular yetakchilik qiladi. Ijodining oʻttiz yildan ziyod qismini maʼrifatparvar adib Sidqiy Xondaxliqiy hayoti va faoliyatini oʻrganishga bagʻishlagan.
Asosiy asarlari: „Lochin“ (hikoyalar toʻplami, 1982) „Mehr“ (hikoyalar toʻplami, 1984) „Quvonch“ (hikoyalar toʻplami, 1987) „Togʻliklar“ (qissa va hikoyalar, 1992) „Chirogʻim, men – Sidqiyman, Xandaqliqiyman!..“ (tarixiy-badiiy, publitsistik roman, 2008) „Alqor, nega koʻzing toʻla yosh“ (voqeiy hikoyalar, esse va publitsistika, 2011)
Manbalar
Havolalar Asad Asil asarlari — Ziyouz.com
Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbek publitsistlari Turkum:Toshkent viloyatidan boʻlgan shaxslar