O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — O‘zbekistonda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi. Faoliyati oila institutini rivojlantirish, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida faoliyat yuritadi.

Tarixi 1991-yil 27-dekabr kuni Termiz shahrida Oʻzbekiston xotin-qizlari konferensiyasi oʻtkazildi. Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi jamoat tashkiloti tuzildi. Tashkilotga rahbar etib shoira Halima Xudoyberdiyeva saylandi.

Faoliyati Qo‘mita quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:. xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish; xotin-qizlarning bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash; ehtiyojmand oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish; oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash; oilalardagi nizolar, ajrimlar va tazyiq hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish; xotin-qizlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish; xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish.

Tuzilmasi Qoʻmita faoliyati markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:Davlat tashkilotlari Turkum:Oʻzbekiston hukumati