Asror Aliqulov (1978-yilning 12-sentyabrida, Muborak, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida oynagan. Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bosh murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati Professional faoliyatini 1995-yilda Muborakning „Mashʼal“ jamoasida boshlagan. U yerdan Qarshining „Nasaf“ jamoasiga viloyat bosh klubiga taklif qilindi va bu jamoada Asror ikki marta mamlakat chempionati bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 2001-yilda Oʻzbekiston klublari terma jamoasi tarkibida Malayziyada oʻtkazilgan Merdeka Kubogi xalqaro turniri gʻolibi boʻldi.
Aliqulov 2003-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingandi. Bu klub tarkibida u ketma-ket besh marta mamlakat chempioni va shuncha marta qatorasiga mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 2014-yilgi mavsumni Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 2015-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibida toʻp surgan vaqtida Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp oʻtkazgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. 2016-yilgi mavsum Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibida faoliyatini yakunladi
Milliy terma jamoa 2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniriga tayyorgarlik jarayonida jiddiy jarohat oldi, ammo iroda va chidamlilik koʻrsatib, katta futbolga qaytdi.
1999—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 2007-yilda u milliy terma jamoa safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.
U 1999-yildan 2008-yilgacha milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan va 63 marta oʻynaganUzbekistan – Record International Players .
Murabbiylik faoliyati 2017-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasining yoshlar jamoasining murabbiy va asosiy jamoada murabbiylar shatabida murabbiy sifatida faoliyatini boshladi. 2019-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. 2020-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytdi. 2023-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ jamoasida yarim mavsum davomida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib bordi. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Muborakka qaytgan va 8-avgustda „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2025-yil 3-oktyabrda Gʻuzorning Shoʻrtan klubi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlari
Klub Paxtakor
Oʻzbekiston ligasi (5): 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 Oʻzbekiston Kubogi (5): 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2002/2003, 2004 MDH kubogi : 2007
Milliy terma jamoa
Merdeka turniri gʻolibi: 2001
Shaxsiy hayoti Aliqulov oliy maʼlumotli. Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U sertifikatlangan futbol murabbiyi. Uylangan. Uch farzandning otasi.
Manbalar
Havolalar Quruvchi PSK saytidagi profillar Asror Aliqulov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Shoʻrtan klubi murabbiylari Turkum:Mashʼal klubi murabbiylari Turkum:Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari