Taytung temiryoʻl sanʼat qishlogʻi () — Tayvanning Taytung okrugidagi Taytung shahrida joylashgan sanʼat markazi.

Tarixi Janubiy yoʻnalish liniyasi ochilgach, yoʻlovchi va yuk tashish hajmi eski Taytung vokzali uchun haddan tashqari koʻpayib ketdi. Shu sababli, eski Taytung vokzaliga olib boruvchi liniya 2001-yilda yopildi. Shundan soʻng yangi Taytung vokzali qurildi, eskisining oʻrnida esa „Taytung temiryoʻl sanʼat qishlogʻi“ nomli sanʼat markazi tashkil etildi.

Arxitekturasi Sanʼat markazidagi ijodiy ustaxona, oʻquv xonasi, sahna va Xualin temiryoʻl madaniyati muzeyi eski vokzal omborxonalari oʻrnida tashkil etilgan. Eski vokzal zali esa sanʼat markazining axborot markaziga aylantirilgan.

Manbalar