Intelligent Music Project — 2012-yilda bolgariyalik tadbirkor Milen Vrabevski tomonidan tashkil etilgan musiqiy guruh. Guruh „Intention“ qoʻshigʻi bilan Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2022“ tanlovida Bolgariya sharafini himoya qilgan. Biroq 10-may kuni boʻlib oʻtgan yarim final bosqichidan oʻta olmagan va tanlov finaliga yoʻllanma qoʻlga kirita olmagan.

Tarixi Guruh tadbirkor Milen Vrabevski tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibida turli davrlarda Simon Phillips, John Payne, Carl Sentance, Bobby Rondinelli va Todd Sucherman kabi taniqli musiqachilar faoliyat yuritgan. Intelligent Music Project oʻzining ilk albomini 2012-yilda eʼlon qilgan hamda shundan buyon muntazam ravishda yangi musiqiy asarlar chiqarib, konsert safarlarida qatnashib kelgan. Guruhning hozirgi yetakchi vokalchisi Bolgariyaning „X Factor“ tanlovi gʻolibi Slavin Slavchev hisoblanadi.

2021-yil noyabr oyida Bolgariya milliy teleradiokompaniyasi BNT Intelligent Music Project guruhining Turinning mezbonligida oʻtkazilgan „Eurovision-2022“ tanlovida mamlakat vakili sifatida ishtirok etishini eʼlon qilgan. Guruhning tanlov uchun tayyorlangan „Intention“ qoʻshigʻi 5-dekabr kuni taqdim etilgan va oʻsha mavsumda rasman eʼlon qilingan ilk tanlov qoʻshigʻiga aylangan.

Oʻsha paytda guruh tarkibidan Ronnie Romero, Bisser Ivanov, Slavin Slavchev, Ivo Stefanov, Dimitar Sirakov hamda Stoyan Yankoulov oʻrin olgan. Yankoulov avval ham Elitsa va Stoyan dueti tarkibida 2007 va 2013-yillarda oʻtkazilgan „Eurovision-2007“ hamda „Eurovision-2013“ tanlovlarida Bolgariya sharafini himoya qilgan.

Guruh aʼzolari Hozirgi aʼzolari

Slavin Slavchev Borislav Mudolov-Kosatkata Stoyan Yankoulov-Stundzhi Bisser Ivanov Dimitar Sirakov Ivo Stefanov Samuel Eftimov

Boshqa aʼzolari

Simon Phillips John Lawton Joseph Williams Ronnie Romero John Payne Carl Sentance Bobby Rondinelli Todd Sucherman Nathan East Tim Pierce Richard Grisman

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari 2012 — The Power of Mind 2014 — My Kind oʻ Lovin''' 2015 — Touching the Divine 2018 — Sorcery Inside 2020 — Life Motion 2021 — The Creation 2022 — Unconditioned 2024 — Miracles Beyond''

Singllari 2020 — „Every Time“ 2020 — „I Know“ 2021 — „Listen“ 2021 — „Sometimes & Yesterdays That Mattered“ 2021 — „Intention“ 2022 — „The Long Ride“ 2022 — „New Hero“ 2023 — „Wait for the Night“ 2024 — „Shine for You“ 2024 — „Days Rollin“ 2024 — „Miracles Beyond“ 2025 — „Fiction“ Manbalar

Turkum:2012-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari