Sulton Oʻgʻa Xonum () Gʻarb manbalarida Korasi nomi bilan ham tilga olinadi, kelib chiqishi qoʻmiqlardan boʻlgan Safaviylar malikasi, Safaviylar shohi Tahmosb I ning () ikkinchi xotini.
Hayoti Sulton Ogʻa Xonum kelib chiqishiga koʻra qoʻmiqlardan boʻlgan. Manbalarda u koʻpincha cherkas millatiga mansub deb tilga olinsa-da, fors tilida cherkas () soʻzi baʼzan Dogʻistondagi Darbanddan narida yashovchi Kavkaz xalqlariga nisbatan umumiy maʼnoda qoʻllangan. Uning otasi Choban b. Budai (1574-yilda vafot etgan) Tarki shamxali boʻlgan.
Sulton Ogʻa Safaviylar davlatida xizmat qilgan qoʻmiq zodagoni Shamxal Sultonning, keyinchalik Shamxal unvonini egallagan Eldar, Muhammad, Andi va Giraylarning singlisi (yoki opasi) boʻlgan. Shuningdek, uning yana bir akasi Imomquli xon ham Safaviylar saroyida xizmatda boʻlgan.
Sulton Ogʻa Xonum Tahmasp I ga taxminan 1547-yilda turmushga chiqqan. 1548-yil avgust oyida u malika Parixon Xonum, 1554-yil 28-martda esa shahzoda Sulaymon mirzoni dunyoga keltirgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Cherkas zodagonlari Turkum:Safaviy shohlarining xotinlari Turkum:16-asr eronlik ayollar Turkum:Qoʻmiqlar Turkum:Cherkas ayollari