Ash-Shifo binti Abdulloh () asl ismi Laylo boʻlib, islom payg‘ambari Muhammadning sahobasi.
Hayoti Ash-Shifo Abdulloh ibn Abdushams va Fotima binti Vahbning qiziMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 188. London: Ta-Ha Publishers. boʻlib, Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Adiy urugʻiga mansub ediAhmed ibn Jabir al-Baladhuri. Kitab Futuh al-Buldan. Translated by Murgotten, F. C. (1924). The Origins of the Islamic State Volume II, p. 271. New York: Longmans, Green & Co., & London: P. S. King & Son.. U Abu Hasma ibn Huzayfaga turmushga chiqqan hamda ular Sulaymon va Masruq ismli ikki oʻgʻil koʻrgan.
Ash-Shifo oqila ayol sifatida tanilgan. Ash-Shifo kunyasi „shifobaxsh“, „davolovchi“ degan maʼnoni anglatib, bu uning xalq tabobati bilan shugʻullanganini bildiradiAhmad ibn Hajar al-Asqalani. Al-Isaba fi Tamyiz al-Sahaba vol. 7 #11373.. Makkada atigi 20 yaqin kishi oʻqish-yozishni bilgan bir paytda ash-Shifo bu koʻnikmani egallagan birinchi ayol boʻlgan. U koʻpchilikkaKazan, H., Dünden bugüne hanım hattatlar, [Women Calligraphers: Past and Present], İstanbul Büyükşehir Belediyesi, 2010, Chapter 5, jumladan, qarindoshi Hafsa bint Umarga ham xattotlikni oʻrgatgan va bu ikki ayol doʻst boʻlib qolganAbu Dawud 28:3878..
Ash-Shifo Makkada musulmon boʻlgan va Madinaga hijrat qilgan ilk kishilar safida boʻlganBukhari, Al-Adab Al-Mufrad 42:1023.. U yerda uning uyi Al-Masjid an-Nabaviy bilan bozor orasida joylashgan edimalik ibn Anas. Al-Muwatta 8:7.. Paygʻambar Muhammad u yerga borib turar, baʼzan savdo ishlaridagi eng yaxshi amaliyotlar haqida ash-Shifo bilan maslahatlashar edi.
Rivoyat qilinishicha, Umar xalifa boʻlgach, baʼzan bozor masalalarida u bilan maslahatlashgan. Ammo bu rivoyat sahih manbalar bilan tasdiqlanmagan. Shifo keyinchalik Iroqning Basra shahrida Sogʻliqni saqlash va xavfsizlik boʻlimiga rahbarlik qilgan. U Umar haqida shunday degan: „Umar gapirsa baland ovozda gapirardi, yursa tez yurardi, ursa jonini ogʻritardi“Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, p. 120. Albany: State University of New York Press.. Umar ham uning uyiga borib turgan. Bir safar Umar Shifodan oʻgʻli Sulaymon nega bomdod namozida koʻrinmay qolganini soʻragan, Shifo esa Sulaymon tun boʻyi ibodat qilgani, tongda uyqu bosib qolganini aytgan.
Merosi Ash-Shifo rivoyat qilgan hadislar orasida xalifa Umarning Amir al-Mu’minin taxallusining kelib chiqishi hamda Muhammadning quyidagi soʻzlari bor: „Alloh yoʻlidagi mujohidning misoli xuddi mujohid qaytguniga qadar tinimsiz roʻza tutuvchi va kechalari ibodat qiluvchi kishi kabidir“Tirmidhi 3:20:1619..
Uning oʻgʻli Masruq amir boʻlgan. Oʻgʻli Sulaymonning esa Abu Bakr va Usmon ismli ikki farzandi boʻlib, ular ham hadis rivoyat qilgan.
Manbalar
Turkum:Ayol sahobalar Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Banu Adiy