Umoma binti Abu al-Os ibn ar-Robiy () — islom paygʻambari Muhammad va uning birinchi xotini Xadicha bint Xuvaylidning nabirasi, Zaynab binti Muhammadning qizi, shu sababli Umoma binti Zaynab () nomi bilan ham tanilgan. Paygʻambar Muhammad uning ona tomondan bobosi boʻlganligi bois Ahl ul-Bayt aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, sahobalar qatorida ham tilga olinadi.

Tarjimai holi Umoma paygʻambar Muhammadning toʻngʻich qizi Zaynab va uning turmush oʻrtogʻi Abu al-Os ibn ar-Robiyning qizi. Uning Ali ismli ukasi boʻlgan. Paygʻambar Muhammadning qizlari Ruqayya, Ummu Kulsum va Fotima uning xolalari edi.

Umoma hali kichik qizaloq paytida bobosi Muhammad paygʻambar namoz oʻqiyotganida uni yelkasiga koʻtarib olardi. Sajda qilayotganida esa uni yerga qoʻyar, tik turganida yana koʻtarib olardi. Kunlarning birida paygʻambar Muhammad oʻzining eng sevimli insoniga bir aqiq marjon hadya qilishga vaʼda bergan. Ayollari bu sovgʻa Oyshaga berilsa kerak, deb kutishgan, biroq paygʻambar Muhammad bu marjonni Umomaga taqdim etgan. Boshqa bir safar esa, Habashiston imperatoridan kelgan tilla uzukni Umomaga hadya qilgan.

Uning xolasi Fotima oʻlim toʻshagida yotganida eri Alidan jiyani Umomaga uylanishini soʻragan, chunki Umoma Fotimaning farzandlari Hasan, Ummu Kulsum, Zaynab va, ayniqsa, Husaynga juda mehr qoʻygan va bogʻlanib qolgan edi. Fotima 632-yilda vafot etgach, Umoma Ali bilan turmush qurgan. Ular Hilol (Muhammad al-Avsat yoki Muhammad al-Vasat nomi bilan ham tanilgan) va Avn ismli ikki oʻgʻil koʻrgan. Farzandlarining ikkalasi ham Eronda vafot etgan. Oʻgʻli Avn Xuroson hokimi Qays ibn Murra bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan, Hilol esa tabiiy sabablarga koʻra oʻlim topgan. Hilolning Abu Hoshim Abdulloh ibn Muhammad ismli oʻgʻli boʻlgani aytiladi, ammo uning keyingi taqdiri nomaʼlumGeni — Abdullah (Abu Hashim) bin Muhammad (b. — 776).

Ali 661-yilda suiqasd natijasida oʻldirilgan, shundan soʻng Muoviya I Umomaga sovchi qoʻygan. Umoma bu borada al-Mugʻira ibn Navfal ibn al-Horis bilan maslahatlashgan. Mugʻira „jigarxoʻr ayolning (Hind bint Utba) oʻgʻli“ga turmushga chiqmasligi kerakligini aytib, muammoni oʻzi hal qilib berishini taklif qilgan. Umoma rozi boʻlgach, u: „Senga oʻzim uylanaman“, degan. Bu nikohdan Yahyo ismli bir oʻgʻil dunyoga kelgan. Umomaning Yahyodan keyin farzand koʻrgan-koʻrmagani nomaʼlum.

Umoma al-Mugʻira bilan as-Safriyga surgunga ketgan va uning oʻsha yerda -yilda vafot etgani aytiladi. Biroq Umoma 670-yilda (hijriy 50) vafot etgan degan maʼlumotrlar ham keltirilgan.

Shajarasi

nikoh tartibi borasida ixtilof borligini bildiradi. Eslatma: toʻgʻridan-toʻgʻri nasab qalin yozuvda yozilgan.

Yana qarang Hijoz Banu Hoshim Muhammadning farzandlari

Havolalar Quraysh qabilasi

Manbalar

Turkum:Ayol sahobalar Turkum:Muhammadning oilasi Turkum:670-yilda vafot etganlar Turkum:7-asr arab ayollari