Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi (, IMMAF) — havaskor aralash jang sanʼatlarini xalqaro miqyosda boshqaruvchi sport tashkiloti. Federatsiya 2012-yil 29-fevralda tashkil etilgan.

IMMAF Shvetsiya qonunchiligi bo‘yicha notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkilot mamlakatlarda milliy federatsiyalar shakllanishiga ko‘maklashish orqali sport xavfsizligi va havaskor MMA rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. IMMAF faoliyati dastlab Ultimate Fighting Championship (UFC) ko‘magida boshlangan.

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin IMMAF Rossiya MMA ittifoqi va Belarus qo‘l jangi va MMA federatsiyasi aʼzoligini IMMAF chempionatlaridagi ishtirokdan chetlatdi hamda Rossiya va Belarus hududida IMMAF tadbirlarini o‘tkazishni taqiqladi.

Havaskor va professional sportchilar

IMMAF qoidalariga ko‘ra, sportchi quyidagi holatlardan biriga mos kelsa, professional darajadagi sportchi hisoblanadi va IMMAF havaskor musobaqalarida qatnasha olmaydi:

professional MMA yoki professional jangovar sport turi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lsa; professional MMA yoki boshqa professional jangovar sport promouteri bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa; MMA yoki professional jangovar sport musobaqasida ishtiroki uchun haq olgan bo‘lsa; MMAning yagona qoidalari yoki jang o‘tkazilgan mamlakatdagi unga teng qoidalar asosida professional MMA jangida qatnashgan bo‘lsa; jang vaqtida professional MMA rekordiga ega bo‘lgan raqibga qarshi jang qilgan bo‘lsa; professional MMA janglari bo‘yicha rekordi ochiq manbalarda eʼlon qilingan bo‘lsa; milliy havaskorlik mezonlari IMMAF xalqaro musobaqalari talablariga mos kelmasa.

Havaskor MMA qoidalari

Majburiy jihozlar

qo‘lqoplar; boldir himoyasi; jarohat yetkazmaydigan, mustahkam materialdan tayyorlangan shorti; tish himoyasi; musobaqa topi yoki rashgard — faqat ayollar uchun; chov himoyasi — erkaklar uchun majburiy, ayollar uchun ixtiyoriy; ko‘krak himoyasi — ayollar uchun ixtiyoriy, erkaklar uchun qo‘llanilmaydi; tizza himoyasi — ixtiyoriy; to‘piq himoyasi — ixtiyoriy.

Taqiqlangan usullar

MMAning yagona qoidalarida taqiqlangan usullardan tashqari quyidagi harakatlarga ham ruxsat berilmaydi:

tirsak va bilak bilan har qanday zarba berish; heel hook usuli; umurtqaga bosim beruvchi deb baholanadigan twister, sit-through crucifix yoki boshqa og‘riqli usullar; boshga tizza bilan zarba berish; 18 yoshgacha bo‘lganlar musobaqalarida boshga har qanday hujum — tepki, musht, tirsak yoki tizza zarbalari.

Jang davomiyligi

jang uch raunddan iborat bo‘ladi; har bir raund uch daqiqa davom etadi; raundlar orasidagi tanaffus 60 soniyani tashkil etadi.

Cheklov muddati

Boshga zarba natijasida nokaut bo‘lgan yoki hakam tomonidan jangi to‘xtatilgan sportchi musobaqa va sparring janglaridan vaqtincha chetlatiladi.

Oxirgi jang sanasidan boshlab cheklov muddatlari:

bir nokaut — kamida to‘rt hafta; uch oy ichida ikki nokaut — kamida uch oy; o‘n ikki oy ichida uch nokaut — kamida o‘n ikki oy.

Aʼzolar

IMMAF milliy federatsiyalari quyidagi mintaqalar bo‘yicha tasniflangan:

Amerika

Argentina — Argentine Association of Mixed Martial Arts and Contact Sports Aruba — Millard Academy Bagama orollari — Empire Mixed Martial Arts Bahamas Barbados — Barbados Mixed Martial Arts Federation Beliz — MMA Federation of Belize Boliviya — MMA Federation of Belize Braziliya — Brazilian MMA Athletic Commission Kanada — Canadian Combat Alliance Kayman orollari — ko‘rib chiqilmoqda Kolumbiya — Asociación Colombiana de Artes Marciales Mixtas Kosta-Rika — Federacion de Artes Marciales Mixtas Dominikan Respublikasi — Federation Dominicana de Artes Marciale Mixtas Ekvador — Ecuador Mixed Martial Arts Federation Salvador — Federacion Salvadoreña de Kickboxing & MMA Grenada — Grenada mixed martial arts federation Gvatemala — Asociación Guatemalteca de Artes Marciales Mixtas Gayana — Guyana Mixed Martials Federation Yamayka — MMA Jamaica Sports Federation Meksika — Federación de Artes Marciales Mixtas Equidad y Juego Limpio Panama — Asociación Nacional de mixed martial arts Paragvay — Federacion Paraguaya de Kick Boxing Muay Thai & MMA Puerto-Riko — Federacion Independiente de Artes Marciales Mixtas de Puerto Rico Sent-Martin — Sint Maarten Martial Arts Sent-Lyusiya — St Lucia Mixed Martial Arts Federation Trinidad va Tobago — Trinidad and Tobago Mixed Martial Arts Federation Urugvay — Asociacion Uruguaya de Artes Marciales Mixtas Amateur y Profesional AQSh — USA Mixed Martial Arts Federation Venesuela — Federación Venezolana de Artes Marciales Mixtas

Osiyo

Afg‘oniston — Afghanistan MMA Federation Bahrayn — Bahrain Mixed Martial Arts Federation Xitoy — MMA Department of Chinese Boxing Federation Hongkong — Hong Kong MMA Federation Ltd Hindiston — MMA India Indoneziya — Indonesia Committee for Martial Art Sports Eron — Iranian MMA Federation Iroq — Iraqi Mixed Martial Arts Federation Yaponiya — Japan MMA Federation Iordaniya — Jordan Mixed Martial Arts Federation Qozog‘iston — Kazakh National Public Union of Mixed Martial Arts Federation Quvayt — MMA Kuwait Association Qirg‘iziston — Republic of Kyrgyzstan Federation of MMA and Pankration Livan — Lebanese MMA Federation Malayziya — Malaysia Mixed Martial Arts Association Mo‘g‘uliston — Mongolian Mixed Martial Arts Federation Nepal — Nepal National Martial Art Games Confederation Pokiston — Mixed Martial Arts Pakistan Filippin — Philippines Mixed Martial Arts Federation Saudiya Arabistoni — Saudi Mixed Martial Arts Federation Singapur — ko‘rib chiqilmoqda Janubiy Koreya — ko‘rib chiqilmoqda Shri-Lanka — Mixed Martial Arts Federation Sri Lanka Tayvan — Chinese Taipei Mixed Martial Arts Association Tojikiston — Federation of Mixed Martial Arts of the Republic of Tajikistan Tailand — Thai Mixed Martial Arts Federation Birlashgan Arab Amirliklari — UAE Jiu-Jitsu and Mixed Martial Arts Federation O‘zbekiston — Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi Vyetnam — Vietnam MMA Federation

Yevropa

Albaniya — Albanian Mixed Martial Arts Federation Armaniston — MMA Federation of Armenia Avstriya — Austrian Mixed Martial Arts Federation Ozarbayjon — Azerbaijan Mixed Martial Arts Federation Belgiya — Belgian Mixed Martial Arts Federation Bolgariya — Bulgarian Mixed Martial Arts Federation Xorvatiya — Croatian Mixed Martial Arts Union Kipr — Cyprus Mixed Martial Arts Federation Chexiya — Czech Association of MMA Daniya — Danish Mixed Martial Arts Federation Angliya — England Mixed Martial Arts Association Estoniya — Estonian Mixed Martial Arts Federation Finlandiya — Finnish Mixed Martial Arts Federation Fransiya — French Mixed Martial Arts Federation Gruziya — National Federation of Universal Martial Arts Germaniya — German Mixed Martial Arts Federation Gretsiya — Panhellenic MMA Federation Vengriya — Hungarian MMA Federation Islandiya — Iceland MMA Federation Irlandiya — Irish Mixed Martial Arts Association Isroil — ISR Mixed Martial Arts Italiya — Italian Grappling and Mixed Martial Arts Federation Kosovo — Kosovo Mixed Martial Arts Federation Latviya — ko‘rib chiqilmoqda Litva — Lithuanian Mixed Martial Arts Federation Lyuksemburg — Fédération Luxembourgeoise de MMA Malta — Malta Mixed Martial Arts Association Moldova — Moldovan MMA Federation Niderlandiya — MMA Union Netherlands Shimoliy Irlandiya — Ulster Amateur MMA Norvegiya — Norwegian Mixed Martial Arts Federation Polsha — Stowarzyszenie MMA Polska Portugaliya — Comissão Atlética Portuguesa de MMA Ruminiya — Romanian Kempo Mixed Martial Arts Federation Rossiya — Russian MMA Union — aʼzoligi to‘xtatilgan Shotlandiya — Mixed Martial Arts Federation of Scotland Serbiya — Serbian MMA Federation Slovakiya — Slovak MMA Association Sloveniya — Slovenia MMA Federation Ispaniya — Federación Española de Lucha Olímpica y Disciplinas Asociadas Shvetsiya — Swedish Mixed Martial Arts Federation Shveysariya — Federation Switzerland Mixed Martial Arts Turkiya — Turkey Combat Mixed Martial Arts Sport Association Ukraina — MMA League of Ukraine Uels — Mixed Martial Arts Cymru

Okeaniya

Avstraliya — International Mixed Martial Arts Federation of Australia Fransuz Polineziyasi — Wrestling Polynesian Federation & Associated Disciplines Yangi Zelandiya — New Zealand Mixed Martial Arts Federation

Afrika

Jazoir — Algerian Federation of Kickboxing, MMA & Similar Sports Angola — Associação Provincial de MMA de Luanda Kamerun — National League Mixed Martial Arts Cameroon Kot-d’Ivuar — Federation Ivoirienne D Arts Martiaux Mixtes Kongo Demokratik Respublikasi — Democratic Republic of Congo MMA Federation Misr — The Egyptian MMA Committee Gana — Ghana Mixed Martial Arts Federation Gvineya — Guinean Federation of Krav-Maga and Associated Disciplines Mavrikiy — Mixed Martial Arts Federation Mauritius Marokash — Fédération Royale Marocaine Du Sport de Combat Libre Et Mixte Namibiya — Namibian MMA Federation Nigeriya — Nigerian Mixed Martial Arts Federation Senegal — MMA Senegal Seyshel orollari — Seychelles Mixed Martial Arts Association Janubiy Afrika Respublikasi — Mixed Martial Arts South Africa Tunis — Tunisian Mixed Martial Arts Federation Zambiya — Mixed Martial Arts Zambia Zimbabve — Mixed Martial Arts Association

BRAVE bilan hamkorlik

2017-yildan boshlab IMMAF Brave Combat Federation bilan hamkorlik qilib, jahon chempionatlarini AQShdan tashqarida o‘tkazishni boshladi. Natijada Bahrayn 2017, 2018 va 2019-yillarda IMMAF jahon chempionatlariga mezbonlik qilgan ikkinchi davlat bo‘ldi. Keyinchalik IMMAF ushbu tashkilot bilan 2021-yilgi IMMAF jahon kubogi va 2022-yilgi MMA Super Cup musobaqalarini ham o‘tkazdi. 2023-yil 10–18-fevral kunlari Belgradda IMMAF World Championships Week tadbiri o‘tkazildi.

Chempionatlar

Jahon chempionatlari

2014 IMMAF World Championships 2015 IMMAF World Championships 2016 IMMAF World Championships 2017 IMMAF World Championships 2018 IMMAF World Championships 2019 IMMAF World Championships 2021 IMMAF World Championships 2022 IMMAF World Championships 2023 IMMAF World Championships

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlari

2019 IMMAF Youth World Championships 2021 IMMAF Youth World Championships 2022 IMMAF Youth World Championships 2023 IMMAF Youth World Championships

Juniorlar o‘rtasidagi jahon chempionatlari

2019 IMMAF Junior World Championships 2020 IMMAF Junior World Championships 2021 IMMAF Junior World Championships 2022 IMMAF Junior World Championships 2023 IMMAF Junior World Championships 2024 IMMAF Junior World Championships

Jahon kubogi

2021 IMMAF World Cup

Super Cup

2022 MMA Super Cup

Yevropa chempionatlari

2015 IMMAF European Open Championship 2016 IMMAF European Open Championships 2017 IMMAF European Open Championships 2018 IMMAF European Open Championships 2019 IMMAF European Open Championships 2021 IMMAF European Open Championships 2022 IMMAF European Open Championships 2023 IMMAF European Open Championships

Afrika chempionatlari

2016 IMMAF Africa Open Championships 2017 IMMAF Africa Open Championships 2018 IMMAF Africa Open Championships 2019 IMMAF Africa Open Championships 2022 IMMAF Africa Open Championships 2023 IMMAF Africa Open Championships

Osiyo chempionatlari

2017 IMMAF Asian Open Championships 2019 IMMAF Asian Open Championships 2022 IMMAF Asian Open Championships 2023 IMMAF Asian Open Championships

Okeaniya chempionatlari

2018 IMMAF Oceania Open Championships 2019 IMMAF Oceania Open Championships 2020 IMMAF Oceania Open Championships

Panamerika chempionatlari

2019 Pan American Open Championships 2022 Pan American Open Championships 2023 Pan American Open Championships Shuningdek qarang

Aralash jang sanʼatlari Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi

Manbalar