Giacinto Facchetti(1942-yil 18-iyul — 2006-yil 4-sentabr) — Italiyalik futbolchi, himoyachi. U 1960-yildan 1978-yilgacha Inter Milan klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. U keyinchalik, 2004-yilning yanvaridan to 2006-yilda vafot etguniga qadar „Inter“ klubi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Facchetti klub safida 634 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Faoliyati davomida toʻrtta A Seriya chempionligi, bir marta Italiya kubogi, ikkita UEFA chempionlari kubogi va ikkita Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan. U 1965-yilda Oltin toʻp sovrini uchun nomzodlar orasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Klubdagi faoliyati thumb|left|Facchetti 1970–1971-yilgi „Inter Milan“ jamoasi bilan Giacinto Facchetti oʻz faoliyatini oʻzi tugʻilib oʻsgan shaharning „GSD Mario Zanconti“ klubida boshlagan. Avvaliga oʻzining tezligi, kuchli zarbasi va texnikasi tufayli hujumchi sifatida toʻp surgan. „Trevigliese“ jamoasida oʻynab yurgan paytlarida, uni „Inter“ klubining oʻsha vaqtdagi murabbiyi Helenio Herreraning eʼtiboriga tushadi. U klubdagi debyutini 1961-yil 21-mayda „Roma“ga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan. Shundan soʻng uning pozitsiyasi hujumchidan himoyachiga oʻzgartiriladi va bu toʻgʻri qaror boʻlib chiqadi. Bu pozitsiyada Italiya terma jamoasidagi Tarchizio Burnich bilan birgalikda himoyada ajoyib tandem hosil qildi. Himoyada juda kam gol oʻtkazib yuborish bilan bir qatorda, Fakketti koʻplab gollar va golli uzatmalar muallifi boʻlib, jamoasining hujumlariga ham katta hissa qoʻshishga muvaffaq boʻldi. U 1965–66-yilgi mavsumda 10 ta gol urib, himoyachilar orasida A Seriya mavsumida eng koʻp gol urish boʻyicha rekord oʻrnatgan.
Manbalar
Turkum:yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:1966-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1968-yilgi UEFA Yevropa chempionati futbolchilari Turkum:1970-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1974-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Raqamlari abadiylashtirilgan futbolchilar Turkum:FIFA 100