Sadie Elizabeth Sink (2002-yil 16-aprelda tugʻilgan) — AQShlik aktrisa. U faoliyati davomida ikki marta Actor Awards, bir marta Criticsʼ Choice Award va bir marta Tony Award mukofotlariga nomzod etib koʻrsatilgan.
U Stranger Things (2017–2025) nomli ilmiy-fantastik va horror janridagi serialda Max Mayfield rolini ijro etib, xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan. Keyinchalik u Netflixning ikki filmi Fear Street franshizasiga mansub filmda, psixologik drama The Whale filmida hamda Marvel Kino Olamini tarkibidagi Spider-Man: Brand New Day (2026) badiiy filmida rol ijro etgan.
Teatr sahnasida Sink Broadwayda sahnalashtirilgan „Annie“ musiqiy asarining qayta sahnalashtirilgan talqinida bosh qahramon Annie rolini (2012–2014), shuningdek tarixiy The Audience pyesasida yosh Elizabeth II obrazini (2015) gavdalantirgan. Oradan koʻp oʻtmay, 2016-yilda suratga olingan Chuck badiiy filmi orqali kino olamidagi ilk debyutini amalga oshirgan. U Broadwayda namoyish etilgan John Proctor Is the Villain (2025) spektaklidagi ijrosi uchun Tony Award mukofotiga nomzod boʻlgan hamda 2026-yilda Robert Icke sahnalashtirgan Romeo and Juliet spektakli bilan West Enddagi debyutini amalga oshirgan.
Hayotining dastlabki davrlari Sadie Elizabeth Sink 2002-yil 16-aprelda AQShning Texas shtatidagi Brenham shahrida tavallud topgan. U Lori va Casey Sink oilasida voyaga yetgan boʻlib, oiladagi besh farzanddan biri. Uning Caleb, Spencer va Mitchell ismli uch nafar akasi hamda Jacey ismli singlisi bor. Garchi oilasi koʻproq sport bilan shugʻullanishni yoqtirgan boʻlsa ham, Sadie va akasi Mitchell bolalik davridan boshlab musiqali teatrga alohida qiziqish bildirgan. Ular uyda turli sahna koʻrinishlarini ijro etishar, boʻsh vaqtlarida esa Broadway spektakllari va Tony Award marosimidagi chiqishlarni birga tomosha qilishgan.
Sink yetti yoshida Texas shtatining Brenham shahrida sahnalashtirilgan The Best Christmas Pageant Ever spektaklining mahalliy teatr talqinida ansambl aʼzosi sifatida sahnadagi debyutini amalga oshirgan. Keyingi yili u A. D. Players teatrining The Secret Garden spektaklida Mary Lennox rolini ijro etgan. Keyinchalik Sink ushbu tajriba uni aktyorlik faoliyatini professional darajada davom ettirishga ilhomlantirganini taʼkidlagan. U Theatre Under the Stars qoshidagi Humphreys School of Musical Theatreda tahsil olgan hamda Houston Family Arts Centerning yozgi dasturida ishtirok etgan. 2012-yilda Sink va Mitchell professional sahna faoliyati bilan muntazam shugʻullana boshlagach, ularning oilasi ularning karyerasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida New York Cityga koʻchib oʻtishgan.
Aktyorlik faoliyati rivojlanib borgani sari, Sink uyda taʼlim olish, masofaviy taʼlim va davlat maktabida anʼanaviy oʻqish shakllarini uygʻunlashtirgan holda davom ettirgan. U sakkizinchi sinfni hamda oʻrta maktabning dastlabki ikki yilining bir qismini davlat maktabida oʻqigan, shundan soʻng oʻrta maktabning qolgan ikki yilini masofaviy taʼlim orqali tamomlagan.
Karyerasi
2011-2016: Broadway va dastlabki filmlardagi faoliyati Sink professional faoliyatini Hyustondagi Theatre Under The Stars teatri bilan boshlagan hamda 2011-yilda White Christmas myuziklida Susan Waverly rolini, 2012-yilda esa Annie myuziklida bosh rolni ijro etgan. 2012-yil oʻn yoshida u Palace Theatre sahnasida namoyish etilgan Annie spektaklining qayta sahnalashtirilishi orqali Broadwaydagi debyutini amalga oshirgan. Dastlab u Annie obrazi hamda bir nechta yetim qiz rollari uchun zaxira ijrochi sifatida faoliyat yuritgan. 2013-yil iyul oyidan boshlab Sink va Taylor Richardson Annie hamda Duffy rollarini navbatma-navbat ijro eta boshlashgan. Sink spektakl 2014-yil yanvar oyida repertuardan olib tashlangunga qadar uning tarkibida qolgan. Keyinchalik u ushbu spektaklning haftasiga sakkiz marotaba namoyish etilish jadvali aktyor sifatidagi intizomini shakllantirganini va aktyorlikni professional faoliyat sifatida tanlash istagini yanada mustahkamlaganini taʼkidlagan.
Annie spektaklida ishtirok etayotgan davrda Sink 2013-yilda namoyish etilgan The Americans josuslik dramasining bir epizodida suratga tushib, televideniyedagi debyutini amalga oshirgan. Keyinchalik u 2014-yilda Blue Bloods nomli politsiya protsessual janridagi teleserialda epizodik rollarda ishtirok etgan hamda 2015-yilda NBC telekanalining American Odyssey triller serialida Suzanne Ballard obrazini ijro etgan.
2015-yilda Sink Broadway sahnasiga qaytib, Peter Morganning The Audience pyesasida yosh Elizabeth II rolini ijro etgan. Spektaklda u voyaga yetgan monarx obrazini gavdalantirgan Helen Mirren bilan birga sahnaga chiqqan. Sink ushbu spektaklni oʻz ijodiy shakllanishidagi muhim bosqichlardan biri sifatida baholab, Helen Mirren, rejissyor Stephen Daldry va dramaturg Peter Morgan bilan ishlash tajribasi uning aktyorlik sanʼatiga boʻlgan qarashlarini tubdan oʻzgartirganini taʼkidlagan. U badiiy toʻliq metrajli kinodagi debyutini Chuck (2016) biografik sport dramasida Kimberly Wepner obrazini ijro etish orqali amalga oshirgan.
2016–2022: Stranger Things orqali erishilgan muvaffaqiyat
2016-yil sentabr oyida Sink Netflix ilmiy-fantastik drama seriali Stranger Thingsning ikkinchi mavsumida Maxine „Max“ Mayfield rolini ijro etish uchun kastingdan oʻtgan. Kasting rejissyorlari oʻsha paytda 14 yoshda boʻlgan Sinkni ushbu rol uchun yoshi katta deb hisoblagan, biroq u oʻz aktyorlik salohiyatini yana bir bor namoyish etish imkoniyatini soʻrab qatʼiy turib olgan. Natijada u toʻrt marotaba qayta kastinnga chaqirilgan boʻlib, ulardan biri Gaten Matarazzo va Caleb McLaughlin bilan oʻzaro uygʻunlikni baholashga qaratilgan. Kastinglar davomida Sink rolikda uchishni bilishi haqida yolgʻon gapirgan. Rejissyor va ssenariynavis Matt Dufferning soʻzlariga koʻra, Sinkni ushbu rolga tanlash Gaten Matarazzo va Caleb McLaughlin bilan namoyish etgan tabiiy hamda bolalarga xos oʻzaro uygʻunligi sababli deyarli hech qanday ikkilanishlarsiz amalga oshgan. Rol tasdiqlanganidan soʻng, u skeytbord uchishni oʻrganishga kirishgan. Mashgʻulotning birinchi kunida yiqilgani tufayli u bu mashgʻulotni yoqtirmagan, biroq shunga qaramay ikki oy davomida har kuni uch soatdan mashq qilgan. Max Mayfield obrazi Sinkning aktyorlik faoliyatidagi ilk yirik muvaffaqiyati va keng jamoatchilikka tanilishiga asosiy sabab boʻlgan. Tanqidchilar uning ijrosini „shijoatli“ deb taʼriflaganlar, IGN nashri esa Sink oʻz yoshiga nisbatan ancha yetuk aktyorlik mahoratini namoyish etgani hamda serial aktyorlari tarkibiga munosib qoʻshimcha boʻlganini qayd etgan. Sink Stranger Things aktyorlar jamoasi bilan birgalikda SAG Award for Outstanding Performance by an Ensemble in a Drama Series mukofotiga nomzod sifatida eʼtirof etilgan.
2018-yil 15 yoshida Sink Paris Fashion Week podiumida debyut qilib, modellik faoliyatiga ilk qadamini qoʻygan. Keyinchalik u Miu Miu hamda Kate Spade New York kabi nufuzli moda brendlari namoyishlarida ham ishtirok etgan. Aktyorlik faoliyati davomida Sink The Glass Castle (2017) va Eli (2019) filmlarida rol ijro etgan. Shuningdek, u Stranger Things serialining uchinchi mavsumida Max Mayfield obrazini yana gavdalantirib, tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. BBC uning ijrosini „tabiiy va erkin ijro“ deya baholagan boʻlsa, Variety Sink hamda Millie Bobby Brown oʻrtasidagi uygʻunlikni alohida eʼtirof etgan. 2021-yilda Sink The Fear Street Trilogyning ikkinchi filmi — Fear Street Part Two: 1978da Ziggy Berman rolini ijro etgan. Ziggy murakkab oilaviy muhitda ulgʻaygan, qatʼiyatli va oʻgʻilbolalarga xos xarakterga ega oʻsmir sifatida tasvirlangan. Sinkning taʼkidlashicha, uni ushbu obrazning hissiy va psixologik qatlamlari oʻziga jalb qilgan. Rolga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida rejissyor Leigh Janiak unga Friday the 13th (1980) hamda Scream (1996) kabi slasher janridagi filmlarni tomosha qilishni tavsiya etgan. Filmda namoyish etilgan kaskadyorlik sahnalarining katta qismini Sink dublyorsiz, mustaqil ravishda bajargan. Film namoyishidan soʻng Sinkning aktyorlik mahorati yana yuqori baholangan. Los Angeles Times uning Ziggyning hissiyotlari, romantik qiziqishlari va sadoqatini taʼsirchan tarzda ifodalaganini alohida taʼkidlagan boʻlsa, RogerEbert.com esa uning „ijrosi nisbatan sodda yozilgan personajga sezilarli dramatik kuch bagʻishlaganini“ qayd etgan. The Fear Street Trilogyning yakuniy qismi — Fear Street Part Three: 1666 (2021) filmida esa Sink bir vaqtning oʻzida Ziggy va Constance obrazlarini gavdalantirgan.
Filmografiyasi
Filmlar +YilFilm nomiIjro etgan roliIzohManbalar2016ChuckKimberly Wepner2017The Glass CastleYoung Lori Walls2018DominionNarratorXujjatli film2019EliHaley2021Fear Street Part Two: 1978Christine "Ziggy" BermanFear Street Part Three: 1666Constance / Ziggy BermanAll Too Well: The Short FilmHerQisqa film2022The WhaleEllie SarsfieldDear ZoeTess DeNunzio2024A SacrificeMazzy Monroe2025O'DessaOʻDessa Galloway2026Spider-Man: Brand New DayJean Grey2027Avengers: Secret wars
Seriallar +YilSerial nomiIjro etgan roliIzohManbalar2013The AmericansLanaEpisode: Mutually Assured Destruction2014Blue BloodsDaisy CarpenterEpisode: Insult to Injury2015American OdysseySuzanne BallardMain role2016Unbreakable Kimmy SchmidtTween girlEpisode: Kimmy Sees a Sunset!2017–2025Stranger ThingsMaxine "Max" MayfieldMain role (seasons 2–5)
Teatr +YilNomiIjro etgan roliTeatrManbalar2011White ChristmasSusan WaverlyTheatre Under the Stars, Houston2012AnnieAnnieTheatre Under the Stars, Houston2012–2014AnnieAnnie, Duffy, and other orphan rolesPalace Theatre, Broadway2015The AudienceYoung ElizabethGerald Schoenfeld Theatre, Broadway2025John Proctor Is the VillainShelby HolcombBooth Theatre, Broadway2026Romeo & JulietJulietHarold Pinter Theatre, West End
Video oʻyinlar +YilOʻyin nomiOvoz bergan personajManbalar2026UnhingedClaire
Mukofotlar va nominatsiyalar + Yil Mukofotlar Turkum Nominatsiya Natija 2018 Screen Actors Guild Awards Outstanding Performance by an Ensemble in a Drama Series Stranger Things 2018 MTV Movie & TV Awards Best On-Screen Team (with Gaten Matarazzo, Finn Wolfhard, Caleb McLaughlin, and Noah Schnapp) Stranger Things 2020 Screen Actors Guild Awards Outstanding Performance by an Ensemble in a Drama Series Stranger Things 2022 MTV Movie & TV Awards Most Frightened Performance Fear Street Part Two: 1978 2022 Hollywood Critics Association TV Awards Best Supporting Actress in a Streaming Series, Drama Stranger Things 2022 Saturn mukofoti Best Performance by a Younger Actor in a Streaming Series Stranger Things 2022 Woods Hole Film Festival Best Performance in a Feature Film (Youth) Dear Zoe 2022 SCAD Savannah Film Festival Rising Star Award The Whale 2022 Washington D.C. Area Film Critics Association Best Youth Performance The Whale 2023 Alliance of Women Film Journalists EDA Awards Best Woman's Breakthrough Performance The Whale 2023 Critics Choice Awards Best Young Actor/Actress The Whale 2023 Nickelodeon Kids' Choice Awards Favorite Female TV Star (Adult) Stranger Things 2023 MTV Movie & TV Awards Best Performance in a Show Stranger Things 2025 Tony Awards Best Actress in a Play John Proctor Is the Villain 2025 Dorian Awards Outstanding Lead Performance in a Broadway Play John Proctor Is the Villain 2025 Dorian Awards Outstanding Broadway Ensemble John Proctor Is the Villain 2026 Saturn mukofoti Best Younger Performer in a Television Series Stranger Things
Manbalar
Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Marvel Comics ayol super qahramonlari