The Long Mars — ingliz yozuvchilari Terry Pratchett va Stephen Baxter tomonidan yozilgan ilmiy fantastik roman.
Asar parallel Yerlar haqidagi „The Long Earth“ turkumining besh kitobdan iborat ketma-ketligidagi uchinchi kitob hisoblanadi. Dastlab „The Long Childhood“ nomi bilan atalgan roman keyinchalik „The Long Mars“ deb oʻzgartirilgan va 2014-yil 19-iyunda nashr etilgan. Uning yumshoq muqovali nashri 2014-yil 7-avgustda Harper nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Manbalar