Serkan Çayoğlu (1987-yil 31-mayda tugʻilgan) — Germaniyada tugʻilgan turk aktyori. U „Kiraz Mevsimi“ romantik komediyasi, „Börü“ harbiy seriali, „Bir Zamanlar Kıbrıs“ tarixiy seriali hamda „Halka“ va „Yeni Hayat“ nomli kriminal seriallardagi rollari bilan tanilgan. Çayoğlu turmush oʻrtogʻi Özge Gürel bilan birga „Börü“ va „Kiraz Mevsimi“ seriallarida rol ijro etgan.
Yoshlik davri va taʼlimi Serkan Çayoğlu 1987-yil 31-mayda Germaniyada turk oilasida dunyoga kelgan. U Germaniyadagi Erlangen universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Universitetda oʻqish bilan birga modellik bilan ham shugʻullana boshlagan.
Faoliyati Aktyor boʻlish maqsadida Istanbulga kelgan Çayoğlu Ümit Çırakning „Zamonaviy aktyorlik texnikalari ustaxonasi“da Ümit Çırak va Dolunay Soysertdan aktyorlik saboqlarini olgan. U 2012-yilda oʻzining aktyorlik faoliyatini „Kuzey Güney“ serialining mavsum finalida Merve Boluğur qahramonining Italiyadan kelgan doʻsti rolini ijro etish bilan boshlagan. Shuningdek, 2013-yilda Hande Yenerning „Ya Ya Ya“ nomli klipida ham suratga tushgan. Çayoğlu „Kiraz Mevsimi“ serialidagi Ayaz roli bilan tanila boshladi.
2024-yilda Çayoğlu „Miray Yapım“ shirkati tomonidan suratga olingan „Mehmed: Fetihler Sultanı“ nomli turk tarixiy-badiiy serialida Mehmed II bosh rolini qoʻlga kiritdi. Serial katta shuhrat qozonib, koʻplab mukofotlarga, jumladan, 10-Anadolu Media Mukofotlari marosimida „Yil seriali“ sovriniga sazovor boʻldi.
Shaxsiy hayoti 2022-yil 13-avgust kuni Çayoğlu 2014-yildan beri birga boʻlgan sevgilisi Özge Gürel bilan Germaniyada turmush qurdi. Kam sonli mehmonlar ishtirokidagi nikoh marosimida oila aʼzolari va yaqin doʻstlari qatnashdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik erkak televizion aktyorlar Turkum:Turk erkak kino aktyorlari