Kazbek () — Oʻzbekiston va Belarusiya hamkorligida Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan oʻzbek-belarus filmi. Film Mamadali Topivoldiyevning hayotiga asoslangan boʻlib, u Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlganBelarusning oʻzbek qahramoni — Kazbek jang qilgan hududlardan reportaj kun.uz Filmda qahramon obrazini oʻzbek aktyori Ulugʻbek Qodirov ijro etganUlugʻbek Qodirov oʻzbek-belarus filmida suratga tushadi. Film byudjeti 2 million dollar qalampir.uz.

Film byudjeti 2 million AQSh dollaridan ortiqni tashkil qilgan.

Syujeti Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan bosib olingan hududlarda oʻzbek va sovet askarlaridan tashkil topgan guruh fashistlar rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtiradi.

Rollarda

Ulugʻbek Qodirov — Mamadali Topivoldiyev (Kazbek) Fotih Nasimov Dirk Martens Vera Kolesnikova Elizaveta Shukova Aleksandr Ilin Nodar Siradze Sergey Zhbankov

Ishlab chiqarish

Rivojlanish

Loyiha treyleri dastlab 2021-yil may oyida Oʻzbekiston televideniyesi orqali namoyish etilgan. Filmda Ulugʻbek Qodirov Rossiya oʻrmonlarida yashovchi askar obrazini ijro etadi. Filmga tayyorgarlik jarayonida Ulugʻbek Qodirov roli uchun 25 kilogramm vazn yoʻqotgan. Shuningdek, u kurash va qoʻl jangi mashgʻulotlarini oʻrgangan.Ulugʻbek Qodirov qahramon roli uchun 25 kiloga ozdi xabaruz.com

Aktyorlar tanlovi

2021-yilda Adiz Rajabov, Umid Iskandarov, Bekzod Tadjiyev, Shaxrux Xamdamov, YigitAli Mamajonov va Fotih Nasimovga Kazbek roli taklif qilingan edi. Biroq yakunda bosh rolni Ulugʻbek Qodirov ijro etishi maʼlum boʻldiUlugʻbek Qodirov oʻzbek-belarus filmida bosh rolga tasdiqlandi aniq.uzTaniqli kinoaktyor Ulugʻbek Qodirov „Kazbek“ filmidagi bosh rolga tasdiqlandi yuz.uz.

Filmning asosiy suratga olish ishlari 2022-yil mart oyida boshlangan va asosan Fargʻona hududida suratga olinganFargʻonada oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan „Osiyo arsloni“ filmi suratga olish ishlari boshlandi darakchi.uz. Film suratga olish ishlari 2023-yil sentabr oyida yakunlangan.

Yaratilish tarixi

„Kazbek“ filmi ustida ish boshlanishidan avval 2021-yilda Toshkent shahrida „Mamadali Topivoldiyev: uning hayoti va filmlardagi badiiy ifodasi“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilgan. Unda filmning gʻoyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilingan„Kazbek“ badiiy filmi haqida daryo.uz.

2021-yilda „Kazbek“ filmi rejissyorligi Muhammad Ali Iskandarovga topshirilgan. 2022-yilda ayrim sabablarga koʻra Oʻzbekfilm film rejissyorini oʻzgartirdi. Film rejissyori sifatida Akbar Bekturdiyev tayinlandi.

Konferensiyada Oʻzbekiston va Belarus olimlari hamda tarixchilari ishtirok etib, Mamadali Topivoldiyev tarjimai holi va oʻsha davr voqealarining talqini haqida fikr almashdilarFilm „Kazbek“ proizvodstva Uzbekistana i Belarusi vipustyat v prokat v mae 2023 goda uzdaily.uz.

Filmni suratga olish ishlari Markaziy Osiyo kinokompaniyasiga topshirilgan. Filmda taniqli oʻzbek, nemis va belarus aktyorlari ishtirok etgan.

Oʻsha davr muhiti Markaziy Osiyo kinokompaniyasi suratga olish maydonida qayta yaratilgan. Belarus ijodiy guruhi bilan hamkorlikda 50 gektar hududda shahar va jang maydoni manzaralari qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davridagi maydonlar, uylar, yoʻllar, koʻpriklar va binolar barpo etilgan.

Saundtrek

Manbalar