Rudolf Christoph Eucken (1846-yil 5-yanvar — 1926-yil 15-sentabr) — nemis faylasufi. U 1908-yilda „o‘zining haqiqatni astoydil izlashi, teran fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarashi hamda ko‘plab asarlarida idealistik hayot falsafasini asoslab, rivojlantirishda namoyon bo‘lgan fikrlarini ifodalashdagi samimiyati va kuchi uchun“ Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. U ushbu mukofotga Shvetsiya akademiyasi a’zolaridan biri tomonidan nomzod qilib ko‘rsatilgannobelprize.org.
Hayotining dastlabki davrlari Eucken 1846-yil 5-yanvarda o‘sha paytda Hannover qirolligi tarkibida bo‘lgan, hozirgi Quyi Saksoniya yeridagi Aurich shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Ammo Becker Eucken u hali bolaligida vafot etgan va uni onasi Ida Maria (qizlik familiyasi Gittermann) tarbiyalagan. U Aurichda ta’lim olgan bo‘lib, uning o‘qituvchilaridan biri klassik filolog va faylasuf Ludwig Wilhelm Maximilian Reuter bo‘lgan. Eucken Göttingen universitetida 1863–1866-yillarda tahsil olgan. Bu yerda uning ustozlaridan biri Hermann Lotze bo‘lgan. Shuningdek, u Berlin universitetida tahsil olgan. Berlin universitetida uning professorlaridan biri Friedrich Adolf Trendelenburg bo‘lib, uning axloqiy qarashlari hamda falsafa tarixiga oid tadqiqotlari Euckenda katta qiziqish uyg‘otgan.
Manbalar
Turkum:Faylasuflar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari