Bishkek arena yoki Ozodlik arena () — Qirgʻizistonning Bishkek shahrida qurilishi rejalashtirilgan futbol stadioni. Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasining uy oʻyinlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Arena bitganidan soʻng Qirgʻizistondagi eng katta sport maydoniga aylanadi.

Stadion qurilishi rejalari Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli davlat xarajatlarining bir qismidir. Stadionni qurish vazifasi yuklangan qurilish shirkatlari haqida maʼlumotlar juda kam, ammo ulardan kamida bittasi Japarov bilan aloqador ekani maʼlum.

Qurilish tarixi

2023-yil 6-may kuni FIFA prezidenti Gianni Infantino Qirgʻizistonda sportni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun yangi milliy futbol stadioni qurishga chaqirgan. 2023-yil may oyida Chuy viloyatining Soʻquluq tumanidagi Orok qishloq okrugida stadion uchun 20,78 gektar maydon ajratilgan .

2023-yil 30-avgustda Orok qishlogʻida yangi stadion qurilishi uchun kapsula qoʻyilgan.

Stadion qurilishining umumiy qiymati 60 million dollarni tashkil etadi.

Qurilish 2024-yil boshida boshlangan va ochilish marosimi 2026-yil 31-avgustga rejalashtirilgan.

2025-yil 17-fevralda qurilayotgan yangi stadion sigʻimini 45 000 oʻrindiqdan 51 000 oʻrindiqqa oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Bu oʻzgartirish Osiyo Futbol Konfederatsiyasining (AFC) Osiyo kubogining ochilish marosimi, ochilish oʻyini va finali uchun stadion kamida 50 000 tomoshabinni sigʻdirishi kerakligi haqidagi talabini bajarish maqsadida amalga oshirilgan. Loyihaga kiritilgan tuzatishlar qurilish muddatlariga taʼsir qilmaydi va stadionni 2026-yilda topshirish rejalashtirilgan. 2025-yil 24-fevralda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2031-yilgi Osiyo kubogini ilk bor Markaziy Osiyoda oʻtkazish boʻyicha tarixiy ariza topshirilishini eʼlon qildi.

2025-yil 14-oktyabrda stadion Ozodlik Arena deb nomlangan.

Dizayn

Dastlab stadion 45 000 oʻrindiqqa ega boʻlishi rejalashtirilgan edi. 2025-yil fevral oyida qurilish loyihasiga oʻzgartirishlar kiritilgan va stadion sigʻimi 51 000 oʻrindiqqa koʻtarilaganhttps://kfu.kg/news/946.

Meʼmoriy dizayn qirgʻiz xalqining milliy qadriyatlariga moslashtirilgan va anʼanaviy oʻtovga oʻxshaydi. Tom qismi Qirgʻiziston bayrogʻida tasvirlangan qirgʻiz oʻtovining toji boʻlmish tundukni eslatib, X shaklida kesishgan toʻrtta toʻsindan iborat ikkita toʻplamdan tashkil topadi. Bino fasadi esa oʻtovga xos boʻlgan panjarali yogʻoch karkas shaklida loyihalashtirilgan.

Stadion tuzilishi yopiq toʻrtburchak tarhli boʻlib, burchak qoʻshimchalari mavjud, uch qavatli tribuna, birinchi qavatdagi tribuna osti inshootlari, ikkinchi va uchinchi qavatlardagi taqsimlash galereyalari, maydon koʻrinishini taqdim etuvchi yuqori qavatlar (toʻrtinchi va beshinchi qavatlar) hamda barcha tribunalar ustidagi soyabonlardan iborat. Stadionning burchak qismlarida toʻrtta yoritish ustuni boʻladi, maydonlarni qoʻshimcha yoritish esa tribunalar tepasidagi soyabon perimetri boʻylab joylashgan projektorlar orqali taʼminlanadi.

Ham asosiy, ham mashgʻulot maydonlarining oʻlchamlari FIFA standartlariga muvofiq boʻladi. Maydonni yoritish tizimi FIFA tomonidan „A“ toifasiga kiritilgan boʻlib, u LED texnologiyasiga asoslanadi.

35 ming kvadrat metr maydonda stadiondan tashqari sport doʻkonlari va savdo majmualari ham quriladi.

Texnik xususiyatlar Bino maydoni: 70,000 kvadrat metr Umumiy qurilish maydoni: 180 000 kvadrat metr Balandligi 70 metr boʻlgan sakkiz qavat Stadion diametri: 280 metr, umumiy maydoni 85 000 kvadrat metr 3600 ta avtomobil uchun yopiq avtoturargoh va 60 000 kvadrat metr maydonni egallagan texnik inshootlar.

Yana qarang Qirgʻizistonda futbol Kelajakdagi stadionlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar Design: Bishkek Arena StadiumDB.com saytida Qurilish videosi 2025-yil sentyabr oyidagi qurilish jarayoni videosi

Turkum:Qirgʻiziston stadionlari Turkum:Qurilayotgan stadionlar Turkum:Qirgʻizistondagi sport maydonlari Turkum:Bishkekdagi bino va inshootlar Turkum:Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar