1930–1933-yillardagi sovet ocharchiligi — Sovet Ittifoqining asosiy don yetishtiruvchi hududlari, jumladan, Ukraina va Rossiyaning ayrim qismlarida (Qozogʻiston, Shimoliy Kavkaz, Kuban, Volgaboʻyi, Janubiy Ural va Gʻarbiy Sibir) yuz bergan ocharchilik. Birinchi besh yillik reja doirasida qishloq xoʻjaligini majburan jamoalashtirish hamda dehqonlardan donni zoʻrlik bilan yigʻib olish uning asosiy sabablari sanaladi. Bu omillar ogʻir sanoatga katta sarmoya kiritilishi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligidagi ishchi kuchi sonini kamaytirib yubordi. Hisob-kitoblarga koʻra, butun Sovet Ittifoqi boʻylab 5,7 milliondan 8,7 milliongacha odam ochlikdan vafot etgan. Bundan tashqari, ocharchilik davrida 50 milliondan 70 milliongacha sovet fuqarosi ochlikdan aziyat chekkan, ammo keyinchalik tirik qolgan.

Bu davrda sovet rahbari Iosif Stalin quloqlarni (yer-mulk egalarini) „sinf sifatida yoʻq qilish“ga buyruq berdi. Kollektivlashtirishning kengayishi bilan Rossiyadagi fuqarolar urushidan beri davom etib kelayotgan quloqlarni taʼqib qilish harakatlari 1929–1932-yillarda ularni hibsga olish, deportatsiya qilish va qatl etishni oʻz ichiga olgan ommaviy davlat qatagʻoni kampaniyasi bilan avjiga chiqdi.. Bunga javoban ayrim quloqlar chorva mollarini soʻyish, zavod ishchilari isteʼmoli uchun moʻljallangan ekinlarni nobud qilish kabi qoʻporuvchilik harakatlariga qoʻl urdilar. Dastlabki bosqichlardagi ulkan qurbonlarga qaramay, Stalin besh yillik reja va kollektivlashtirishni davom ettirishga qaror qildi. 1934-yilga kelib, Sovet Ittifoqi millionlab insonlar hayoti evaziga ogʻir sanoat poydevorini barpo etdi.

Ayrim olimlar Ukraina va Qozogʻistondagi ocharchiliklarni Stalin hukumati tomonidan etnik ukrainlar va qozoqlarga qarshi qaratilgan genotsid deya tasniflaydi. Boshqalar esa bu atama ostida koʻpincha nazarda tutiladigan har qanday etnik sababning oʻrinli ekanini shubha ostiga oladi. Ular Sovet Ittifoqining biror hududini ataylab och qoldirish haqida aniq buyruq berilgan tasdiqlangan hujjatlar yoʻqligini dalil qilib, eʼtiborni xususiy mulkka ega boʻlishdan kuchli manfaatdor boʻlgan quloqlar oʻrtasidagi sinfiy ziddiyatlar kabi boshqa omillarga qaratadi. Bu qarashlar hukmron Sovet Kommunistik partiyasining xususiy mulkchilikka butunlay zid boʻlgan taʼlimotiga qarama-qarshi edi. Partiyaning jadal sanoatlashtirish maqsadi ham ocharchilikning kuchayishiga sabab boʻldi, chunki partiya ocharchilikni bartaraf etish oʻrniga sanoat oʻsishini davom ettirishni afzal koʻrdi. Sovet Ittifoqi boʻylab ocharchilik tarqala boshlagach, xalqaro ommaviy axborot vositalari bu haqda yorita boshladi va Gareth Jones ushbu vayronagarchilik haqida xabar bergan birinchi gʻarblik jurnalist boʻldi.

Sovet Ittifoqida ocharchilikni ochiq muhokama qilish 1980-yillarda Mixail Gorbachyov boshlab bergan oshkoralik davrigacha taqiqlangan edi. 2008-yilda Rossiya Davlat Dumasi „iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish yoʻlida odamlar hayotini pisand qilmagan“ sovet rejimini qoraladi.

Ilmiy qarashlar Sabablari

1921–1922-yillardagi rus ocharchiligidan farqli oʻlaroq, bu davrda Rossiyadagi vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan jabr koʻrgan hududlarda qurgʻoqchilik unchalik kuchli boʻlmaganKondrashin, Viktor (2008). Chapter 6. „Golod 1932–1933 godov v kontekste mirovix golodnix bedstviy i golodnix let v istorii Rossii — SSSR“. Golod 1932–1933 godov. Tragediya rossiyskoy derevni. Moscow: Rosspen. p. 331. .. Shunga qaramay, tarixchi Stephen G. Wheatcroftning taʼkidlashicha, Sovet Ittifoqida „1931 va 1932-yillarda ikki marta hosil yomon boʻlgan va bu asosan, lekin toʻliq emas, tabiiy sharoitlar oqibatida yuz bergan“. 1930–1933-yillardagi qozoq ocharchiligining eng muhim tabiiy omili 1927–1928-yillardagi jut boʻlgan. Bu oʻta sovuq davrda chorva mollari och qolib, oʻtlay olmay qirilib ketgan. Gʻarbiy Virjiniya universiteti tarixchisi Mark Tauger ocharchilik bir nechta omillarning birikmasidan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Bularga, xususan, tabiiy ofatlar tufayli hosilning kam boʻlgani, ayni vaqtda Sovet Ittifoqidagi urbanizatsiya va sanoatlashtirish sababli oziq-ovqatga talabning ortishi hamda davlat tomonidan gʻalla eksport qilinishi kiradi PDF version, archived from the original on 24 August 2012.. Eksport masalasiga kelsak, Michael Ellmanning qayd etishicha, 1932–1933-yillardagi gʻalla eksporti 1,8 million tonnani tashkil etgan va bu bir yil davomida 5 million odamni boqish uchun yetarli boʻlar edi.

Manbalar

Turkum:Rossiyada ocharchilik