O‘zbekiston — Serbiya munosabatlari — Serbiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995-yilda O‘zbekiston va Yugoslaviya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan. Serbiya ushbu davlatning yagona huquqiy vorisi sifatida tan olingan.
Tarixi 2025-yil 29-oktyabrda Serbiya Prezidenti Aleksandar Vučić Toshkent shahriga tashrif buyurgan. Tashrif davomida ikki davlat qo‘shma deklaratsiyani imzolagan. Vučić kelajakda erkin savdo to‘g‘risidagi bitim va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tuzish, shuningdek, iqtisodiy va savdo hamkorligini yanada rivojlantirishga umid bildirgan. Shuningdek, u O‘zbekistonning Kosovo mustaqilligini tan olmaganini yuqori baholagan.
2026-yil 6-mayda Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Đurić O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
O‘zbekistonning Kosovo masalasidagi pozitsiyasi O‘zbekiston Kosovoni mustaqil davlat sifatida tan olmaydi. O‘zbekiston bu masalada Serbiya bilan bir xil pozitsiyani egallab, Serbiyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qiladi.
Yuqori darajadagi davlat tashriflari Serbiyadan O‘zbekistonga yuqori darajadagi tashriflar Aleksandar Vučić — 2025-yil 29-oktabr. Marko Đurić — 2026-yil 6-may. O‘zbekistondan Serbiyaga yuqori darajadagi tashriflar Hozircha qayd etilmagan.
Iqtisodiy munosabatlar 2025-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 44 million dollarni (37,7 million yevro) tashkil etgan. Shundan 27,5 million dollarlik (23,6 million yevro) tovar va xizmatlar Serbiyadan O‘zbekistonga, 16,4 million dollarlik (14,1 million yevro) tovar va xizmatlar esa O‘zbekistondan Serbiyaga yo‘naltirilgan.
Diplomatik vakolatxonalar Serbiya O‘zbekistonda Rossiyaning Moskva shahridagi elchixonasi orqali vakillik qiladi. O‘zbekiston Serbiyada Avstriyaning Vena shahridagi elchixonasi orqali vakillik qiladi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlari Turkum:Serbiyaning ikki tomonlama aloqalari