Atika bint Muslim (; ) — Muslim ibn Oqilning qizi, Oqil ibn Abu Tolibning nevarasi. Muslim ibn Oqil Husayn ibn Alining Kufaga yuborgan elchisi boʻlgan. Onasi esa 4-Roshidun xalifasi Ali ibn Abu Tolibning qizi Ruqayya bint Ali ibn Abu Tolib edi.
Karbalo jangi va oʻlimi Atika bint Muslim 673-yilda Madinada tugʻilgan va 680-yilda Karbalo voqealari paytida oʻldirilgan.
Husayn ibn Ali Karbalo jangida oʻldirilganidan soʻng, Umar ibn Saʼd qoʻmondonligi ostidagi Umaviylar qoʻshini Husaynning oilasi joylashgan qarorgohga hujum qilib, uni talon-toroj qilgan. Hujum paytida otlar Atikaning tanasini bosib, ezib yuborgan. Oʻsha paytda Atika atigi 7 yoshda boʻlganAl-Shuwaykī, Ḥasan ibn Sulaymān. Maqtal al-Ḥusayn (The Martyrdom of al-Husayn). Manuscript copy in the author’s handwriting preserved by his grandson, Professor Husayn al-Shuwaykī. Completed 1007 AH. The author was one of the prominent scholars of Bahrain in the 11th century AH.. Uning yonida yana 6 nafar bola, jumladan, amakisi Abdurahmon ibn Oqilning oʻgʻillari Saʼd va Oqil, amakivachchasi Muhammad ibn Abu Said ibn Oqil hamda togʻasi Hasan ibn Alining ikki qizi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:680-yilda vafot etganlar Turkum:Karbalo jangi Turkum:Karbalo jangida vafot etganlar Turkum:673-yilda tugʻilganlar Turkum:680-yilda vafot etganlar Turkum:Banu Hoshim Turkum:7-asr arab ayollari