Natasha Tapushkovich (serbcha: Наташа Тапушковић), qizlik familiyasi — Šolak (serbcha: Шолак; Kruševac, 27-avgust 1975) — serbiyalik kino va teatr aktrisasi. U Emir Kusturitsaning 2004-yilda suratga olingan Hayot moʻjiza filmidagi bosh ayol roli — Sabaxa hamda Stevan Filipovichning Shishish (film) filmidagi Lidiya rollari orqali tanilgan.

Bolaligi va yoshligi Onasi tibbiyot xodimi boʻlgan, otasi esa iqtisod va geografiya sohalarida ishlagan. Uning ilk sahnadagi chiqishi bolalar bogʻchasida boʻlib, u oʻsha paytda Yoshlar uyida (Dom omladine) tomoshabinlar qarshisida „Quyosh“ she’rini yod aytgan. Dastlab adabiyot yoʻnalishida oʻqishni xohlagan. Oʻrta maktabni tamomlash arafasida Dramatik san’at fakultetiga (FDU) kirishga hozirlanayotgan sinfdoshlarini koʻrib, oʻzi ham aktrisalikka oʻqishni sinab koʻrishga qaror qiladi. Talabchan professor Vladimir Yevtovich rahbarligidagi kirish imtihonidan bir urinishdayoq oʻtgan. 1998-yilda universitetni tamomlagan. Kursdoshlari: Lyuba Bandovich, Mina Lazarevich, Andrey Shepetkovskiy, Vesna Stankovich, Neboysha MilovanovichPlus onlayn: „Lična karta - Nataša Tapušković“ , Mirjana Jurčić, kirish sanasi: 16.04.2013.

Uni tanitgan ilk asosiy rollardan biri 1998-yilda suratga olingan Lajanje na zvezde filmidagi Danitsa roli boʻlgan.

Filmografiyasi + Filmlar va seriallardagi rollari Yil Nomi Roli Izoh 1997 Pokondirena tikva (TV film, 1997) Evitsa TV film 1998 Lajanje na zvezde Danitsa Yankovich 1998 Obećana večnost Qiz 1998 Crveno, žuto, zeleno ... kreni Qiz 1999 Proleće u Limasolu Vanja Teodorovich 2004 Život je čudo Sabaxa 2006 Život je čudo (TV serija) Sabaxa Teleserial 2007 Pozorište u kući (2007) Olga Petrovich Teleserial 2008 Poslednja audijencija Qirolicha Nataliya Obrenovich 2010 Šišanje Inspektor Lidiya 2012 Folk (teleserial) Oʻqituvchi Sladja Teleserial 2013 Balkan is not dead Eleni 2014 Tenor Melina 2015 Maykl Jekson haykali Lyubinka 2016 Disquiet Ona 2020 Proleće na poslednjem jezeru Frau Shtilike 2022 Komedija na tri sprata Mariya

Manbalar

Havolalar

Turkum:1975-yilda tugʻilganlar