Dušan Makavejev (serbcha: Душан Макавејев; 1932-yil 13-oktyabr — 2019-yil 25-yanvar) – serb va yugoslav kinorejissyori hamda ssenariychisi. U 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida Yugoslav kinosining eng ilgʻor filmlarini yaratgan. Uning koʻplab ishlari Yugoslaviya qora toʻlqini oqimiga tegishli hisoblanadi. U oʻz filmlarida hujjatli va badiiy elementlarni siyosiy satira, eksperimental montaj hamda jinsiy munosabatlarni oʻrganish mavzulari bilan uygʻunlashtirgan. Makavejevning xalqaro miqyosda eng muvaffaqiyatli filmiga uning oʻzi rejissyorlik qilgan va ssenariysini yozgan 1971-yilgi siyosiy satiradagi Misterije organizma kartinasi aylangan.
Ijodi Makaveyevning dastlabki uchta badiiy filmi – Inson qush emas (1965, bosh rolda „Qora toʻlqin“ davri kinoikonasi Milena Dravich), Sevgi mojarosi yoki telefon stansiyasi xodimining yo‘qolishi (1967, bosh rolda „Qora toʻlqin“ davri aktrisasi Eva Ras) va Himoyalanmagan poklik (1968) unga xalqaro eʼtirof olib keldi. Oxirgi film 18-Berlin xalqaro kinofestivalida hakamlar hayʼatining maxsus mukofoti – Kumush ayiqni qoʻlga kiritgan. 1970-yilda u 20-Berlin xalqaro kinofestivali, 1991-yilda esa 17-Moskva xalqaro kinofestivali hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.
Uning 1971-yilda suratga olingan Misterije organizma filmi (bosh rollarda Milena Dravich, Jagoda Kaloper va Ivica Vidović) oʻzining jinsiy va siyosiy mazmuni tufayli Yugoslaviya rasmiylari tomonidan taqiqlangan. Film atrofidagi siyosiy mojaro rejissyorning vatandagi faoliyatiga yakun yasadi va uni Yugoslaviyani tark etib, Yevropa va Shimoliy Amerikada yashash hamda ishlashga majbur qildi. Makaveyevning navbatdagi filmi – Slatki film (1974) toʻliq Yugoslaviyadan tashqarida (Kanada, Fransiya, Germaniya va Niderlandiyada) suratga olingan ilk kartinasi boʻldi.
Badiiy filmlar ishlab chiqarishdagi yetti yillik tanaffusdan soʻng, Makavejev nisbatan anʼanaviyroq boʻlgan Montenegro (1981) qora komediyasini taqdim etdi. Rejissyorning keyingi filmi – The Coca-Cola Kid (1985) uning eng ommabop va sevimli filmi hisoblanadi.
Filmografiyasi Yili Nomi Rejissyor Ssenariychi Mukofot va eslatmalar 1965 Čovek nije tica 1967 Ljubavni slučaj ili tragedija službenice 1968 Nevinost bez zaštite Berlinda Kumush ayiq va FIPRESCI mukofoti 1971 Misterije organizma Chikago xalqaro kinofestivalining Oltin Gyugosi 1974 Slatki film 1981 Montenegro (film) San-Paulu xalqaro kinofestivallari mukofoti, Oltin palma yaprogʻiga nomzod 1985 The Coca-Cola Kid Oltin palma yaprogʻiga nomzod 1988 Manifesto 1993 Gorila se kupa u podne 1994 Rupa u duši 1996 Danish Girls Show Everything Antologiya film
Manbalar
Havolalar
Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:Belgradda tugʻilganlar