Kaʼb ibn Luay () islomiy manbalarga koʻra, islom paygʻambari Muhammadning ajdodi boʻlgan.

Nasl-nasabi Kaʼb Luay taxminan 305-yilda Makkada tugʻilgan. Otasining ismi Luay ibn Gʻolib, onasi esa Maʼviya bint Kaʼb ibn al-Qayn ibn Jasr ibn Shayulloh ibn Asad ibn Vabora ibn Tagʻlib ibn Hulvon ibn Imron ibn al-Haf ibn Qudoa boʻlgan. Maʼviyaning onasining ismi Atika bint Kohil ibn Uzro edi.

Oilasi Kaʼb ibn Luayning Amir va Sama ismli ikki tugʻishgan (ota-onasi bir) aka-ukasi boʻlgan. Uch aka-uka Kaʼb, Amir va Samalar Banu Najiya nomi bilan tanilgan.

Shuningdek, ularning Avf ibn Luay ismli ota bir, ona boshqa aka (yoki uka)si ham boʻlgan. Uning avlodlari oʻzlarini Banu Gʻatafon qabilasining bir qismi deb hisoblagan va qabila tarkibiga qoʻshilib ketgan. Avfning onasi al-Barida bint Avf ibn Gʻanm ibn Abdulloh ibn Gʻatafon ismli ayol boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, Luay ibn Gʻolib vafot etgach, al-Barida oʻgʻli Avf bilan oʻz qabilasi Banu Gʻatafonga qaytib ketgan va Saʼd ibn Dubyon ibn Bogʻid ismli kishiga turmushga chiqqan.

Bundan tashqari, Kaʼbning ota bir, onasi boshqa Xuzayma va Saʼd ismli yana ikki aka-ukasi bor edi. Xuzaymaning onasi Aida bint al-Xims ibn Quhofa ibn Kas’am ismli ayol boʻlgan. U Aidat Quraysh nomi bilan tanilgan. Saʼdning onasi esa Bunona ismli ayol boʻlib, Saʼdning avlodlari onasining nomi bilan. yaʼni Bunona deb atalgan.

Yana qarang Paygʻambar Muhammadning shajarasi

Manbalar

Turkum:Muhammadning ajdodlari Turkum:4-asr arab shaxslari Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar