Mahmud Xalil Abdulrahmon al-Qori — Madina shahridagi Ikki qibla masjidi imomi va Al-Masjid an-Nabaviy sobiq imomi. U Xalil al-Qorining oʻgʻli.
Mahmud Xalil al-Qori Madinada saudiy-pokistonlik oilada tugʻilib oʻsgan. U oʻn yoshida Qur’onni yod olgan. Shuningdek, u Muqaddas Qur’on va Islom tadqiqotlari kollejida bakalavr darajasini olgan.
Unga hijriy 1438-yil va hijriy 1439-yillarda (2017 va 2018) Ramazon oyida tarovih namozlarida imom sifatida Al-Masjid an-Nabaviyda xizmat qilishiga ruxsat berilgan. Vafotigacha Al-Qiblatayn masjidida namozxonlarga imomlik qilishda davom etgan.
U va otasi Saudiya Arabistonida koʻproq eshitiladigan zamonaviy qiroatning muhim kashshoflaridan ikkitasi sifatida eʼtirof etiladi.
Vafoti al-Qori hijriy 1443-yil Zulqaʼda oyining 26-kuni (milodiy 2022-yil 25-iyun) shanba kuni ertalab Madina shahrida xastalikdan soʻng shifoxonaning reanimatsiya boʻlimida vafot etgan. Jjanoza namozi oʻsha kuni shom namozidan keyin Paygʻambar masjidida oʻqilgan va Al-Baqi qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:20-asrda tug‘ilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:Saudiya Arabistonining sunniy ulamolar Turkum:Pokistonlik boʻlgan Saudiya Arabistoni kishilari Turkum:Madina kishilari Turkum:Saudiya Arabistoni imomlari Turkum:Saudiya Arabistoni qorilari Turkum:Payg‘ambar masjidi imomlari Turkum:Baqi qabristoniga dafn etilganlar