Millatchilik deb millatni jamiyat birligining eng yuqori shakli va davlat shakllanishida birlamchi deb qarovchi siyosiy yoki gʻoyaviy yoʻnalishga aytiladi. Siyosiy harakat sifatida davlat bilan munosabatlarda maʼlum bir milliy jamoaning manfaatlarini himoya qilishga intiladi.
Millatchilik oʻz millatiga sadoqatni, uning siyosiy mustaqilligini va oʻz xalqi faravonligiga xizmat qilishni, millatning madaniy va manaviy yuksalishini, millatning yashash sharoitlarini, yashash hududini, iqtisodiy zaxiralarini va manaviy qadriyatlarini amalda saqlab qolish maqsadida milliy oʻzlikni anglash asosida birlashishni targʻib etadi. U vatanparvarlikka yaqin milliy tuygʻuga suyanadi. Bu gʻoya qarama-qarshi sinfiy manfaatlarga qaramasdan, jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirishga intiladi.
Bugungi kundagi radikal harakatlar oʻziga millatchi tus berishi tufayli „millatchilik“ yoki „natsionalizm“ tushunchalari etnik, madaniy va diniy toqatsizlik bilan koʻp bogʻlanadi. Bunaqa toqatsizlik millatchilikda moʻtadil oqimlar tarafdorlari tomonidan qoralanadi.
Koʻpincha OAVda „millatchilik“ soʻzi ostida etnik millatchilik va unnig bir millatni boshqa millatdan ustun qoʻyishga urgʻu beradigan shovinizm va ksenofobiya kabi keskin shakllari nazarda tutiladi. Millatlar aro nizoni yuzaga keltirish va etnik diskriminatsiya kabi etnik millatchilikning koʻplab koʻrinishlari xalqaro qonunbuzarliklarga kiradi.
Taʼlimoti Millatchilik — bu avvalam bor gʻoyaBu bilan u tuygʻu boʻlgan milliy gʻurur va vatanparvarlikdan farqlanadi. va u quyidagi elementlarni oʻzida mujassam etadi: Millatlarning mavjudligi. Millatchilik insoniyat tabiat qonunlari asosida bir-biridan maʼlum bir xususiyatlari bilan farq qiladigan fundamental birliklarga — avtonom va toʻlaqonli millatlarga ajratilganligini eʼtirof etadi. Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi hal qilish suveren huquqi. Milliy loyihalar faqat oʻz davlatida amalga oshirila oladi. Millat oʻzining aʼzolaridan iborat davlat tashkil qilishga haqli. Har bir hududiy-maʼmuriy birlik uchun siyosiy chegaralar madaniy-etnik chegaralarga toʻgʻri kelishi kerak. Shunday qilib millat aniq chegaralangan hududda oliy (suveren) hokimiyatga ega. Davlat qurish jarayonidagi millatning birlamchiligi. Millat butun siyosiy hokiniyatning manbaidir. Hukumatning yagona legitim turi milliy oʻzini-oʻzi boshqarishdir. Millatning har bir aʼzosi siyosiy jarayonda bevosita ishtirok etish huquqiga ega. Milliy oʻzlik. Millatchilik bitta maʼmuriy-hududiy birlik doirasida til va madaniyat umumiyligi boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi. Odamlar erkinlik va salohiyatlarini realizatsiya qilish uchun oʻzini millatga bogʻlashadi. Boshqa tarafdan, millat oʻzini hech qaysi guruhga mansubligini his etmaydiganlarga ham aʼzolik va oʻzlik (identifikatsiya) beradi.Xobsbaum E.,1998 Birdamlik. Birlikka maʼlum bir madaniyatni majburan singdirish bilan emas, balki insonlarning muhabbat va aka-ukachilik asosida birlashuvi evaziga erishiladi. Aʼzolar birdamlik iplari his etishi va bir xil emas, balki bir-birlarini toʻldirib harakat qilishlari muhim sanaladi. Millat oliy qadriyat sifatida. Alohida shaxsning milliy davlatga sodiqligi shaxsiy va boshqa guruhbozlik manfaatlaridan ustun. Fuqarolarning vazifasi — oʻz davlatining legitimligini (qonuniyligini) ushlab turish. Milliy davlatni mustahkamlash hurriyat va osoyishtalikni taminlanishining bosh shartidir. Ommaviy taʼlim. Odamlar millatning hayotida toʻlaqonli ishtirok etish va uning millati, tarixi, tili bilan bogʻlanish uchun har tomonlama taʼlim olishlari kerak. Millatchilik millatlarning farqlarini, koloritini, oʻziga xosligini taʼkidlaydi. Bu xususiyatlar madaniy-etnikdir. Milliy oʻzlikni anglash madaniyatga chetdan kelgan qoʻshimlarni anglashga va oʻz millati foydasiga keyinchalik boshqa madaniyatlardan yaxshi taraflarini olish istiqbollarini tahlil qilishga xizmat qiladi.Bowden B. Nationalism and cosmopolitanism: irreconcilable differences or possible bedfellows? // National Identities. 2003. Vol. 5, No. 3. P. 235. DOI:10.1080/1460894031000163139 (angl.)
Bundan tashqari millatchilik millatni shaxsiyatning ekvivalenti, ijtimoiy organizm sifatida koʻradi. Insonlarning, ularning ijtimoiy darajasi va kelib chiqishidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi millatlarning, ularning kuchi va kattaligidan qatʼi nazar, xalqaro qonunchilik nuqtai nazaridan tengligiga toʻgʻri keladi. Millat shuningdek hozirgi avlodni oldingilari va boʻlajak avlodlar bilan bogʻlab turadi, bu esa odamlarni oʻzini qurbon qilishga, hatto millatni qutqarish uchun jonini berishga chorlaydi.Anderson B., 2001.
Turlanishi Oldinga qoʻyilgan va hal etilayotgan masalalarning mohiyatiga qarab, zamonaviy dunyoda bir nechta turdagi milliy harakatlar shakllanmoqda. Siyosiy va etnik millatchilik tushunchlarini kiritgan Hans Konning klassifikatsiyasi eng keng qoʻllanadi.Кон X. Идея национализма // Аб Империо: Теория и история национальностней и национализма в постсоветском пространстве. 2001. № 3. S.419.
Кон Г. Национализм: его смысл и история. Дайджест книги Koʻpchilik mutaxassislar (Konning oʻzi ham) har bir shakllangan millat bu ikkita komponentni oʻzida mujassam etadi, deb hisoblashadi.
Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligi (boshqa nomlari: inqilobiy-demokratik, siyosiy, gʻarb millatchiligi) davlat legitimligi fuqarolarning siyosiy qarorlarni qabul qilishda faol ishtiroki bilan belgilanadi. Millat irodasini aniqlashning asosiy instrumenti saylovlar, referendum, soʻrov, ochiq ijtimoiy bahs shaklida boʻlishi mumkin boʻlgan plebissit sanaladi. Insonning millatga mansubligi shaxsiy tanlov asosida aniqlanadi va fuqarolik bilan tenglashtiriladi. Odamlarni ularning fuqarolar sifatidagi teng siyosiy statusi, qonun oldidagi tenglik, millatning siyosiy hayotida ishtirok etish shaxsiy xohishlariКон X. Идея национализма // Аб Империо: Теория и история национальностей и национализма в постсоветском пространстве. 2001. № 3. S.419.
Кон Г. Национализм: его смысл и история. Дайджест книги., umumiy siyosiy qadriyatlarga va fuqaroviy madaniyatga talpinish birlashtiradiСмит Э. Д. Национализм и модернизм: Критический обзор современных теории нации и национализма. — M.: Праксис, 2004. — 464 s. — ISBN 5-901574-39-7.. Millat bir biri bilan bitta hududda yashashni istaydiganlardan tashkil topishi muhim sanaladi."Biz Italiyani yaratdik, endi italyanlarni yaratish qoldi." (Massimo de Adzelio)
Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligining quyidagi turlarini ajratishadi:
Davlat millatchiligi millatni oʻz manfaatlarini davlatning qudratini oshirishga va qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirgan insonlar hosil qiladi, deb hisoblaydi. U jinsiy, irqiy va etnik mansublik bilan bogʻliq mustaqil haq-huquqlarni tan olmaydi, chunki bunfay muxtoriyat millatning birligini buzadi, deb hisoblaydi.
Liberal millatchilik liberal qadriyatlarga urgʻu beradi va patriotik-axloqiy kategoriyalardan ustun turadigan inson huquqlari kabi umuminsoniy qadriyatlar mavjudligini eʼtirof etadi. Liberal millatchilik yaqinroq va qadrliroq boʻlganlar uchun prioritetlarni inkor etmaydi, lekin bu birovlarning hisobiga boʻlishi kerak emas, deb hisoblaydi.
Etnik millatchilik (boshqa nomlari: madaniy-etnik, organik, romantik, Sharq millatchiligi) millatni etnosning rivojlanish fazasi deb biladi va qisman oʻzini fuqaroviy millatchilikka qarshi qoʻyadi. Bugungi kunda „millatchi“ deb etnik millatchilikka urgʻu beradigan harakatlar ataladi. Etnik millatchilik nuqtai nazaridan, millat aʼzolarini umumiy meʼros, til, din, anʼanalar, tarix, bitta qon, ona yerga hissiy bogʻliqlik birlashtiradi va ular hammasi butun xalqni, qoni bir jamiyatni tashkil qilishadi.Cмит Э. Д., 2004. Madaniy anʼanalar va etnik mansublik millatchilikning asosini tashkil etishi uchun ular jamiyatga mayoq boʻla oladigan hamma qabul qilgan tasavvurlarni oʻzida mujassam etishi lozim.
Madaniy millatchilik millatni til, urf-odatlar va madaniyat umumiyligi bilan belgilaydi. Davlatning legitimligi uning millatni himoya qilish va millatning madaniy hamda jamoat hayotini rivojlantirish qobiliyatidan kelib chiqadi. Odatda, bu etnik koʻpchilikning tilini va madaniyatini davlat qoʻllab-quvvatlashini hamda millatning bir tusligini saqlash uchun etnik ozchiliklarning assimilyatsiyasini nazarda tutadi.
Primordial etnik millatchilik millat umumiy haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan kelib chiqishga asoslangan, deb taʼkidlaydi. Millatga mansublik maʼlum genetik faktoralar (qon) bilan aniqlanadi. Ushbu shaklining tarafdorlari milliy oʻzini oʻzi taʼriflash qadimgi etnik tomirlarga ega va shuning uchun tabiiy tus olgan, deb hisoblaydilar. Ular etnik koʻpchilik madaniyatining boshqa guruhlardan izolyatsiyasini yoqlashadi va assimilyatsiyani maʼqullashmaydi.
Keskin millatchilik koʻpincha ekstremizm bilan bogʻlanadi va ichki yoki xalqaro nizolarga olib keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda keskin millatchilik rasmiy tarzda ijtimoiy xavfli hodisa deb tan olinadi. Radikal davlat millatchiligi fashizm va natsizm asoslarini tashkil etadi. Koʻp etnik millatchilar milliy ustunlik (shovinizm) hamda madaniy va diniy toqatsizlik gʻoyalarini qoʻllashadi (ksenofobiya). Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Irqiy diskriminatsiyasining hamma shakllarini yoʻqotish haqidagi konvensiya kabi hujjatlarda etnik diskriminatsiya (kamsitilish) qoralanadi va qonunga zid deb eʼlon qilingan.
Millat
Millatchilik millatni berilgan inʼom sifatida koʻradi, lekin shu bilan birga bilan birga millat nima degan tushunchani oʻzida mujassam etadi. Millat gʻoyasi avloddan avlodga oʻtib keladigan tarix tuygʻusi, xotiralar va anʼanalarga tayanadi. Uning vavjudligi qadimgi etnosning bosh davomi sifatida koʻriladi yoki unga asos solingan maʼlum bir tarixiy voqeaga bogʻlanadi.Calhoun C. Nationalism and ethnicity // Annu. Rev. Sociol. 1993. Vol. 19. P. 211.
Amalda millat — bu oʻzligini anglagan odamlarning maʼlum bir hududga tarixiy bogʻliqligi natijasida yuzaga kelgan madaniy va siyosiy oʻzlikni anglashga asosalangan hamjamiyati. Boshqa tomondan, bu hamjamiyat tasavvuriy: uning har bir aʼzosi oʻzida uning koʻrinishini mujassam etadi, uning chegaralarini tasavvur qiladi, oʻzida uning birodarlik aloqalarini sezadi va uning oliy iqtidoriga ishonchi komil. Inson oʻz hayotini minglab oʻzi koʻrmagan va htch qachon koʻrmaydigan vatandoshlarining hayotiga parallel boʻlgan umumiy yoʻl trayektoriyasi sifatida tasavvur qiladi.Anderson B., 2001 Shu bilan birga, millatni tashkil etadigan odamlar umumiy simpatiyalarga ega, oʻzini umumiy faoliyatga bagʻishlaydi, bir hokimiyat ostida boʻlishni va bu hokimiyat ularning vakillaridan iborat boʻlishini istaydilar.Mill Dj. St. Gl. XVI //Rassujdeniya o predstavitelnom pravlenii . — M.: Sotsium, 2006. — 416 s. — ISBN 5-901901-57-6.
Boshqa tarafdan, koʻpkina millatlarning oʻzagi dominant etnik asos atrofida jipslashgan. Millat aʼzolarining koʻpchiligi umumiy hayot tarzini maʼqullaydilar va oʻzlari oʻrganib qolgan landshaftga ega umumiy yashash hududiga bogʻliqlikni his qiladi. Shu bilan birga, birga yashash vaqt oʻtganda tashqi koʻrinishning oʻxshashligigaEtnicheskie gruppi i sotsialnie granitsi: Sotsialnaya organizatsiya kulturnix razlichiy: Sbornik statey / Pod red. F. Barta; per. s angl. M.: Novoe izdatelstvo, 2006. — 200 s va etnik guruh shaklllanishiga olib keladi. Etnik guruh aʼzolari tashqi oʻxshashlik, umumiy urf-odatlar va xotiralar tufayli oʻzlarining umumiy genealogik kelib chiqishiga ishonadi.Veber M. Xozyaystvo i obщestvo / Per. pod red. L. G. Ionina. — M.: Izd-vo GU VShE, 2007. ISBN 5-7598-0333-6 Bunday umumlik milliy birdamlikka faol xizmat qiladi.