Valeriy Shotayevich Meladze (, asl ismi — Valerian) — 1965-yil Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasida tugʻilgan rossiyalik qoʻshiqchi, musiqa prodyuseri, teleboshlovchi va aktyor. Xonanda 2006-yilda Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlanganRossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin tomonidan 2006-yil 22-sentabrda imzolangan № 1044-sonli „Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida“gi farmon http://www.kremlin.ru/acts/bank/24337. 2008-yilda esa Checheniston Respublikasi xalq artisti unvoniga sazovor boʻlganChecheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov Valeriy Meladzega „Checheniston Respublikasi xalq artisti“ unvonini berdi // chechnya.gov.ru (2008-yil 16-dekabr)Valeriy Meladze Checheniston xalq artisti boʻldi // pravda.ru (2008-yil 16-dekabr).
Ijodiy faoliyati davomida u Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham muvaffaqiyatga erishgan. 2004-yilda uning VIA Gra guruhi bilan birgalikda ijro etgan „Prityajeniya bolshe net“ qoʻshigʻi „MTV Rossiya“ talqiniga koʻra yilning eng yaxshi qoʻshigʻi deb topilgan. 2006-yilda „Zvukovaya dorojka MK“ hit-parad yakuniga koʻra, Valeriy Mustaqil davlatlar hamdoʻstligidagi eng mashhur ijrochilar roʻyxatida Sergey Lazarevdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.
Valeriy Rossiyaning milliy „Ovatsiya (premiya)“ musiqiy mukofotining uch karra sovrindori, „Pesnya goda“ va „Zolotoy grammofon“ mukofotining koʻp karra laureati. „Premiya Muz-TV“ mukofotining yetti karra, „RU.TV“ mukofotining esa besh karra sovrindoridir. Shuningdek, u Bokuda oʻtkazilgan „Jara“ festivalida va Yurmala shahrida tashkil etilgan „Novaya volna“ tanlovida maxsus mehmon sifatida ishtirok etgan.
Ijodiy faoliyatdan tashqari, Valeriy jamiyat faollaridan biridir. U Krasnogorsk jamoatchilik palatasi aʼzosi hisoblanadiValeriy Meladze Krasnogorsk maʼmuriyatining bogʻ va xiyobonlardagi ichkilikbozlikka qarshi kurashini qoʻllab-quvvatladi // Krasnogorsk shahar okrugi maʼmuriyati sayti.
Valeriy bastakor, qoʻshiqchi, musiqiy prodyuser va Ukrainada xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga ega boʻlgan Konstantin Meladzening ukasidir.
Biografiyasi
Bolaligi, yoshlik yillari va ijodiy faoliyatining boshlanishi
Valeriy Meladze 1965-yil 23-iyunda Batumi shahridagi ishchilar oilaisda tugʻilgan. Uning buvisi, bobosi, otasi va onasi muhandis boʻlib ishlagan. U shu yerdagi musiqa maktabida fortepiano chalishni oʻrgangan. Maktabni bitirgach, telefon operatori boʻlib ishlaganTelefon operatori va olim: Valeriy Meladze hayotidan 10 nomaʼlum fakt // m24.ru.
1989-yilda Valeriy Nikolayev kemasozlik institutini (hozirgi Admiral Makarov nomidagi Milliy kemasozlik universiteti) „kema energetik qurilmalari boʻyicha muhandis-mexanik“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlaganBirinchi kanal. Hujjatli film. „Valeriy Meladze. Hech kim aybdor emas“ biografik filmi (efir sanasi — 2013-yil 30-noyabr) // Birinchi kanal. 1994-yilda xonanda „Psevdo-vibratsion-qaynovchi kation qatlamli filtrda almashinuv jarayonlarini jadallashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozganValeriy Meladze: Albina Janabayeva bilan munosabatlari va rafiqasi bilan ajrashuvi haqida ilk bor // 7days.ru. Talabalik davrida u institutning Aprel nomli musiqiy guruhida faoliyat yuritgan.
Xonandaning deyarli barcha qoʻshiqlari matni, musiqasi va aranjirovkasi akasi Konstantin Meladze tomonidan yaratilgan. 1989–1993-yillarda aka-uka Meladzelar Dialog rok guruhi tarkibida faoliyat yuritgan. Aka-ukalar guruh rahbari Kim Breytburg bilan barabanchi Anatoliy Deynega va uning rafiqasi orqali tanishishgan. Ular aka-ukalarni Nikolayevdagi institut raqs kechasida koʻrib qolganlar.
Yakkaxon faoliyati
Valeriy Meladze ilk bor Albervilda boʻlib oʻtadigan 1992-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga bagʻishlangan „Yulduzli kecha“ konsert dasturi doirasida „Ne trevoj mne dushu, skripka…“ qoʻshigʻi bilan yakkaxon ijrochi sifatida sahnaga chiqqan. 1993-yilda u Kiyevda oʻtkazilgan „Roksolana“ gullar festivalida ishtirok etgan. Oʻsha yili prodyuser Yevgeniy Fridlyand bilan shartnoma imzolaganValeriy Meladze biografiyasi // afisha.mail.ru. 1993-yil dekabr oyida Alla Pugachyovaning taklifiga binoan uning „Rojdestvo uchrashuvlari“ dasturida „Limbo“ qoʻshigʻi bilan qatnashganValeriy Meladze — Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist — „Limbo“ qoʻshigʻi // v-meladze.ru.
1995-yil 12-martda Valeriyning ilk yakkaxon albomi — „Sera“ chiqargan. Albom tez fursatda unga ulkan shuhrat keltirgan. 1996-yil 7-oktyabrda xonanda „Posledniy romantik“ nomli ikkinchi yakkaxon albomini taqdim etgan. Albom nomi 1987-yildagi fortepiano ijrochisi Vladimir Gorovitsga bagʻishlangan film nomidan olingan. Ikkinchi albom chiqqanidan olti oy oʻtib, 1997-yil 7–8-mart kunlari „Olimpiyskiy“ sport majmuasida yakkaxon konsertini bergan.
1998-yil 14-yanvarda uning uchinchi yakkaxon albomi — „Samba belogo motilka“ chiqarilgan. 1999-yil dekabr oyida esa toʻrtinchi yakkaxon albomi — „Vsyo tak i bilo“ nashr etilgan. „Musiqiy gazeta“ sharhida albomdagi „goʻzal lirik kuylar“ va „chuqur va donador tovush“ alohida qayd etilgan. Nashr sharhlovchisi albom uslubini umuman olganda „oʻttiz yoshlar atrofidagi ayollar uchun moʻljallangan sof romantik musiqa“ sifatida baholagan. „Zvuki.ru“ saytidagi sharhda esa albom „sifatli, ayrim jihatlarida hatto nafis studiya ishi“ sifatida tavsiflangan. Shu bilan birga, albom musiqachining ijodiga yangi o'zgarishlar olib kirmagani va bir xilligi ham taʼkidlangan.
2003-yil 2-dekabrda Valeriyning beshinchi albomi — „Nega“ chiqarilgan. Ushbu albom ustida uch yil davomida ish olib borilgan. 2008-yil 1-oktyabrda esa oltinchi albomi — „Vopreki“ nashr etilgan.
2005-yilda xonanda „Okean“ nomli konsert dasturini taqdim etgan. Shu yildan boshlab Meladze har yili yosh estrada ijrochilarining xalqaro „Novaya volna“ tanlovi hakamlar hay’ati tarkibiga kirib kelmoqda.
2015-yilda uning 50 yillik yubileyi munosabati bilan Velvet Music prodyuserlik markazi ushbu leybl artistlari ijrosida xonandaning qoʻshiqlari jamlangan VM ot VM trubut-albomini sovgʻa qilgan. Oʻsha yili Valeriy va Konstantin Meladze 30 yillik ijodiy faoliyatlari davomida ilk bor „Moy brat“ qoʻshigʻi uchun birgalikda duet yozganlar.
2022-yil yanvar oyida u VK Fest festivalida ishtirok etgan. Festivalda Lolita, ST, Mari Kraymbreri va boshqa ijrochilar ham qatnashgan.
2022-yilda u Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshi chiqqan. Shundan soʻng u Ispaniyaga koʻchib oʻtgan. Rossiyadagi konsert faoliyatini toʻxtatgan va boshqa mamlakatlarda chiqishlarini davom ettirgan.
2023-yilda Meladze Dubaydagi chiqishlari vaqtida tomoshabinlar tomonidan aytilgan „Slava Ukraini!“ chaqirigʻiga „Heroyam slava!“ deb javob berdi. Shundan soʻng Sergey Mironov xonandani Rossiyaning barcha faxriy unvonlaridan (Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist, Checheniston Respublikasining xalq artisti va boshqalar) mahrum etishni taklif qilgan. Tarixiy meros jamgʻarmasi rahbari Aleksandr Karabanov esa xonandani „xorijiy agent“ deb eʼtirof etganhttps://www.svoboda.org/a/ocherednoy-vrag-nayden-sotsseti-o-napadkah-na-valeriya-meladze/32207317.htmlhttps://newtimes.ru/articles/detail/233523/.
Oʻsha yili Valeriy „Ukrainska pravda“ jurnalistlari surishtiruvi obyekti boʻlgan. Jurnalistlar uni Kurshavelda Rossiya Mudofaa vazirligi vazir oʻrinbosari Timur Ivanovning rafiqasi hamda sanksiyalar ostidagi tadbirkor Andrey Bokarevning rafiqasi bilan birga sur’atga olishganhttps://theins.ru/news/260673https://newtimes.ru/articles/detail/238723.
Televideniyedagi faoliyati 2004 — „NTV“ telekanalidagi „Strana Sovetov“ koʻrsatuvida hammuallif (Ruslana Pisanka bilan birga)Valeriy Meladze: „Biz bir-birimizni toʻldiramiz“ // NTV.ru. 2005 — „Rossiya“ telekanalidagi „Sekret uspexa“ musiqiy teleyorligʻida murabbiy (Aleksandr Revzin va Yekaterina Gechmen-Valdek bilan birga)„Rossiya“ kanali musiqiy ijrochilarning muvaffaqiyat sirlarini ochmoqda // km.ru. 2007 — "Birinchi kanal"da „Yulduzlar fabrikasi“ loyihasining yettinchi mavsumida musiqiy produser (akasi Konstantin bilan birga). 2012–2013-yillar — „Rossiya-1“ telekanalidagi „Bitva xorov“ loyihasining birinchi (Yekaterina Varnava va Natalya Stefanenko bilan birga) va ikkinchi (Natalya Stefanenko va reper Potap bilan birga) mavsumlari boshlovchisi„Bitva Xorov“ loyihasining birinchi mavsumi haqida // russia.tvBitva xorov 2-mavsum // vokrug.tv. 2017 — fevraldan aprelgacha „Birinchi kanal“da „Golos. Deti“ loyihasining 4-mavsumida Dima Bilan va Nyusha bilan birgalikda murabbiylik qilganGOLOS.DETI-4. Mamlakatning bosh bolalar vokal shousi // 1tv.ru. 2018 — fevraldan aprelgacha „Birinchi kanal“da „Golos. Deti“ loyihasining 5-mavsumida Basta va Pelageya bilan birgalikda murabbiylik qilgan. 2018 — sentyabrdan oktyabrgacha „Birinchi kanal“da yangi „Golos. 60+“ loyihasining 1-mavsumida Leonid Agutin, Pelageya va Lev Leshchenko bilan birga murabbiylik qilgan. 2019 — fevraldan aprelgacha yana „Birinchi kanal“dagi „Golos. Deti“ loyihasining 6-mavsumida Pelageya va Svetlana Loboda bilan birga murabbiy boʻlgan. 2020 — fevraldan aprelgacha yana „Golos. Deti“ loyihasining 7-mavsumida Basta va Polina Gagarina bilan birga murabbiy sifatida ishtirok etgan.
Siyosiy faoliyati 2003-yildan buyon — „Yagona Rossiya“ partiyasi aʼzosi.
2017-yilda Krasnogorsk shahri rahbari Radiy Xabirovning taklifiga binoan Krasnogorsk shahar Jamoatchilik palatasi aʼzoligiga kiritilgan. 2020-yilda jamoatchilik nazorati, hokimiyat ochiqligi va korrupsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi tarkibiga kirgan.
2018-yilgi Prezidentlik saylovlarida nomzod Boris Titovning ishonchli vakili sifatida roʻyxatga olingan.
2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi chiqqan„Bu bizning uyatimiz“. Rossiyalik yozuvchilar, jurnalistlar va rejissyorlar Ukrainadagi urushni toʻxtatishga chaqirishdi. Shundan soʻng „Agentstvo“ nashri tomonidan eʼlon qilingan artistlarning „qora roʻyxati“ga tushgan.
Oilasi Otasi — Shota Konstantinovich Meladze (29-oktabr 1933-yil — 20-yanvar 2024-yil).
Onasi — Nelli Akakiyevna Meladze 1934-yil 23-sentyabrda tugʻilgan.
Birinchi rafiqasi — Irina Meladze (Maluxina). 1989-yil mart oyida nikohdan oʻtishgan. Moskvada yashash guvohnomasini olish maqsadida soxta ajrashish rasmiylashtirilgan va 1998-yilda ular qayta nikohdan oʻtishgan. 2012-yilda er-xotin oʻrtasidagi munosabatlar yakunlangan. 2014-yil 21-yanvar kuni Valeriy Meladzening ajrashish haqidagi daʼvosi qondirilganMoskva sudi xonanda Valeriy Meladzening ajrashish haqidagi daʼvosini qondirdi // rapsinews.ru (2014-yil 21-yanvar). Oʻgʻli (1990-yil tugʻilgan, 10 kundan keyin vafot etgan). Qizlari: Inga (1991-yil 7-fevralda tugʻilgan) Oksford universitetini tamomlagan, Sofiya (1999-yil 19-mayda tugʻilgan) va Arina (2002-yil 7-dekabrda tugʻilgan) 1542-sonli gimnaziyani tamomlashgan. Nabirasi — Georgiy (2024-y. t.). „StarHit“ jurnali maʼlumotlariga koʻra, xonanda 2014-yilda Albina Janabayeva bilan nikohdan oʻtgan. 2018-yil noyabr oyida Janabayeva va Meladze ilk bor birgalikda intervyu berib, oilaviy hayotlari haqida soʻzlab berishgan. 2019-yil may oyida Janabayeva Meladze bilan birgalikda Fransiya yoki Ispaniyada hordiq chiqarishlarini maʼlum qilganRusskoye radio. Albina Janabayeva Bred Pittga muhabbat izhor qildi — 2019-05-22.. Oʻgʻillari: Konstantin (2004-yil 26-fevralda tugʻilgan), Luka (2014-yil 2-iyulda tugʻilgan)Albina Janabayeva Valeriy Meladzega ikkinchi oʻgʻilni tuhfa etdi // KP.RU. Qizi Agata (2021-yil 12-aprelda tugʻilgan). Akasi — Konstantin (1963-yil 11-mayda tugʻilgan). Singlisi — Liana Meladze.
Mukofotlari Davlat mukofotlari 2005 — „Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni — professional faoliyatdagi yuksak yutuqlari, koʻp yillik halol mehnati uchun va Ukraina Mustaqilligi kuni munosabati bilan 2006 — „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni — musiqa sanʼati sohasidagi xizmatlari uchun 2008 — „Checheniston Respublikasi xalq artisti“ faxriy unvoni — musiqa sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun